Qutirish kasalligiga diagnoz qo'yish. Virus fiks bilan sichqonlarda biologik namuna qo'yish usullari Babesh-Negri kiritma tanachalarini saqlovchi tayyor preparatlar bilan ishlash Quturish kasalligi- quturish virusi (Rabies virus) qo'zg'atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so'lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og'ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi. Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun haloqatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, har yili 59 00 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaqtsina mavjudligi quturish hollarda o'lim ko'rsatkichlarining kamayishiga olib keldi. Virus markaziy asab tizimiga ta'sir qilib, ayniqsa miya yallig'lanishiga sabab bo'ladi (o'ziga xos ensefalit). Mahalliy itlar, mushuklar, quyon va yovvoyi hayvonlar tishlashi va tirnashi orqali insonlarga virus yuqishi mumkin. Quturishga qarshi kurash tezkor davo choralariga bog'liq bo'ladi. Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi -gidrofobiya yoki suvdan qo'rqish snaladi. Avval suv ichishdan qo'rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko'rganda va suv haqida gap ketganda ham qo'rqish belgilari kuzatiladi. Qo'shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo'rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzilishlar aniqlanishi mumkin. Tutqanoq tovush va yorug'lik ta'siri oqibatida boshlanadi. Bemor hamma narsani sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, «zo'ravon» hujumdan keyin «jim» -falajlikning boshlang'ich belgisi boshlanadi. Shundan so'ng nafas olish to'xtashi va o'lim sodir bo'ladi. Hozirgi kunda virus yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator inyeksiyalar qilinadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshiimmunoglobulin beriladi. U ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:49 ]
Arxiv ichida: pptx