Radioizotoplar va ularning tibbiyotda, biologiyada qo'llanilishi

Radioizotoplar va ularning tibbiyotda, biologiyada qo'llanilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Radioizotoplar va ularning tibbiyotda, biologiyada qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Radioizotoplar va ularning tibbiyotda, biologiyada qo'llanilishi Reja: Atom energetikasi. Professional (kasbga bog'liq) nurlanish. Radioizotoplar Radioizotoplarning tibbiyotda va biologiyadagi ahamiyati Atom energetikasi. Professional (kasbga bog'liq) nurlanish E.Rezerford tomonidan kimyoviy element atomi yadrosining tuzilishi modeli haqidagi maqola «Philosophical Magazine» (1911.-V.6.21) jurnalida nashr qilinadi. Bu modelga ko'ra, atom musbat (+) zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanuvchi manfiy (-) zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan. Atomning ~99,96% og'irligi yadroda mujassamlashgan bo'lib, uning diametr o'lchami umumiy atom diametridan ~100 00 marta kichik qiymatga ega hisoblanadi. Shuningdek, kimyoviy element atom yadrosining tuzilishini o'rganishda N.Bor, G.Mozli R.Milliken, X.V.Geyger, E.Marsden, J.Chedvik kabi olimlar katta hissa qo'shishgan. Kimyoviy element atomi markazida proton () va neytronlardan () tashkil topgan, musbat (+) zaryadlangan yadro joylashgan bo'lib, uning o'lchamlari Italiyalik fizik olim Enriko Fermi (1901-1954) sharafiga fermi o'lchov birligi bilan o'lchash qabul qilingan. E.Rezerford tajribasi va atomning yadro modeli. Keyinchalik kimyoviy element atomi tarkibi quyidagi zarrachalardan tashkil topganligi aniqlangan: Yani, atom yadrosining radiusi ~10-15 metrga (1 fermi) teng hisoblanadi. Yadro tarkibida proton va neytronlar - nuklonlar (lotin tilida - nucleus - yadro degan manoni anglatadi) joylashgan bo'lib, protonning zaryadi +1,6×10-19 Kl va og'irligi 1,673×10-27 kg ga teng hisoblanadi va protonlar soni kimyoviy element atomi yadrosining zaryadini ifodaladi. Neytron esa zaryadsiz zarracha bo'lib, og'irligi 1,675×10-27 kg ga teng hisoblanadi. Atom yadrosi atrofida - elektron orbitallar bo'ylab, manfiy (-) zaryadlangan elektronlar () harakatlanadi. Elektronning zaryadi +1,6×10-19 Kl va og'irligi 9,11×10-31 kg ga teng hisoblanadi. Radioizotop diagnostika - radioaktiv izotoplar va nishonlangan birikmalar yordamida kasallikni aniqlash. Radioizotop diagnostikaning asosiy usuli radioaktiv indikatsiya, ya'ni organizmga yuborilgan radioaktiv moddalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 6.16 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 6.16 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga