Rangni ko'rish darajasini aniqlash, tam bilish va hid bilish anazilatorining o'zaro hamkorligi

Rangni ko'rish darajasini aniqlash, tam bilish va hid bilish anazilatorining o'zaro hamkorligi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Rangni ko'rish darajasini aniqlash, tam bilish va hid bilish anazilatorining o'zaro hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

Fan:Yosh fiziologiya Mavzu:Rangni ko'rish darajasini aniqlash, tam bilish va hid bilish anazilatorining o'zaro hamkorligi Hid bilish Hid bilish - odam va hayvonlar burun bo'shlig'ining yuqori qismida joylashgan maxsus sezgi a'zolari (hid bilish retseptorlari) orqali hidlarni sezish. Hayvonlarda Hid bilish ovqat qidirish, yo'l topish, aniq joyni belgilash, qarama-qarshi jinsni izlash, shuningdek, bilish vositalaridan biri hisoblanadi va boshqalar. Odamlarda Hid bilishning ahamiyati hayvonlardagiga qaraganda kamroq, biroq Hid bilishning yo'qolishi odam uchun azob hisoblanadi (qattiq tumov bo'lganda ovqatning qanchalik bemaza tuyilishini eslab ko'raylik). Hid bilmaydigan odamlar ko'pincha ovqatdan zaharlanishi mumkin, chunki biror ovqatning sifatliligini hididan bila olmaydi. Har bir odamda ko'pgina hissiyotlar hidni sezishga bog'liq bo'ladi. Yomon hid kayfiyatni buzishi, yaxshisi ko'tarishi mumkin. Analizatorlar Ko'rish - organizmlarning ko'rish organlari yordamida tashqi dunyo to'g'risida axborot olishdan iborat murakkab fiziologik jarayon. Ko'rish jarayonida tashqi dunyodagi obyektlardan qaytadigan yoki ular tarqatadigan 300-800 nm diapazondagi elektromagnit to'lqinlari, ya'ni yorug'lik nuri Ko'rish organlari uchun ta'sirlovchi bo'ladi. Odam va ko'pchilik umurtqalilar, bir qancha umurtqasiz hayvonlar rangli ko'rish qobiliyatiga ega. Ko'rish odam va yuksak umurtqalilarda juda mukammal rivojlangan bo'lib, ko'rish analizatori orqali amalga oshadi. Bu analizator periferik (ko'z), o'tkazuvchi (ko'rish yo'li, po'stloq osti nervlari) va markaziy (bosh miya katta yarimsharlar po'stlog'i sohalari) bo'limlardan iborat. Yorug'lik nuri qorachiqdan o'tib to'r pardaning ko'rish pigmentlariga tushadi. Yorug'lik ta'sirida to'r pardada bioelektr potensiallar paydo bo'ladi. Ular analizatorning o'tkazuvchi bo'limi orqali ko'rish markaziga o'tkaziladi. Bu joyda har xil analizatorlardan kelayotgan nerv impulyelari tahlil qilinib, odam ongida saqlanib qoladigan muayyan obrazlar shakllanadi. Ko'rish organlarining hosil bo'lishi hayvonlar evolyutsiyasida yorug'likni qorong'ilikdan farq qiladigan (yomg'ir chuvalchanglari) yoki yo'n ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 369.25 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 369.25 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga