Reflektor doira: tuzilishi, vazifasi, tekshirish usullari va patologiyasi Reja: Pay yoki miotonik reflekslar: Reflekslarni tekshirish qoidalari. Reflekslarni o'zgarishi. Oyoqdagi patologik reflekslar. Qo'ldagi patologik reflekslar. Oral avtomatizmi belgilari belgisi. Bolalarda refleksni tekshirish. Yangi tug'ilgan va bir yoshgacha bo'lgan bolalardagi shartsiz reflekslar Reflekslar nerv faoliyatining funksional birligi hisoblanadi. Refleks, bu kelayotgan ta'sirotlarga nerv tizimining beradigan javob reaksiyasidir. Nerv tizimining faoliyati uning ichki va tashqi muhitning qo'zg'atuvchi omillarga to'xtovsiz bo'ladigan javob reaksiyasidan tashkil topadi, jumladan, organizmning har qanday faoliyati asosida va inson xulq atvorida reflektor faoliyat yotadi. Reflekslar haqidagi ta'limot nerv faoliyatining asl mohiyatini tushunishda juda ko'p ma'lumotlar beradi. Ammo reflektor faoliyat o'zicha ko'p shakldagi malum maqsadga qaratilgan xulq-atvorni tushuntirib bera olmaydi. Keyingi yillarda reflektor mexanizmlar haqidagi tushuncha xulq-atvorni hosil bo'lishida qabul qiluvchining tutgan o'rni haqidagi qo'shimcha ma'lumotlar P.A.Anoxinning «funksional sistemalar» yoki N.A.Bernshteynning «fiziologik aktivlik» degan ta'limotida (konsepsiyasida) ancha oydinlashdi. Bu konsepsiyaga asosan miya tashqi ta'sirotlarga adekvat javob beribgina qolmay, balki kelajakni ko'ra biladi; o'z xulq-atvori rejasini tuza biladi va uni amalga oshira biladi. («aktseptor harakat» yoki «kelajakning kerakli modeli»). Bu omillar insonni xulq-atvor rejasini tuzish borasida «borliqni avvaldan ko'ra bilish» degan fikrga kelishga asos bo'ladi. Reflekslar ikki turga yani shartsiz va shartli reflekslarga bo'linadi. Shartsiz reflekslar hamma turlarga taalluqli bo'lib, nasldan-naslga beriladi, ularning yoylari bola tug'ilgan vaqtida ulangan bo'lib, hayotning oxirigacha saqlanib qoladi. Ular kasallikni keltiruvchi omillar ta'sirida o'zgarishi mumkin. Shartsiz reflekslar o'z navbatida quyidagi turlarga bo'linadi: oddiy (spinal), murakkab (miya so'g'oni va instinkt) po'stloq osti reflekslari. Shartli reflekslar individual rivojlanish va yangi tajribalarni to'planishi natijasida hosil bo'ladi. Yangi vaqtinchalik aloqani hosil ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.84 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.84 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:50 ]
Arxiv ichida: docx