Rektifikatsiya Reja 1. Binar aralashmalarni uzluksiz rektifikatsiya qilishning moddiy va issiqlik balanslari. a) Moddiy balans. b) Minimal flegma soni. Binar aralashmalarni uzluksiz rektifikatsiya qilishning moddiy va issiqlik balanslari. Umumiy tushunchalar. Rektifikatsiyani hisoblash va analiz qilishda fazalar tarkibi va miqdori mol ulushlarda ifodalanadi. Shunga ko'ra, suyuqlik va uning bug'lari miqdori kilomol, ularning tarkibi esa yengil uchuvchan komponent (YeK.) ning mol ulushi bilan aniqlanadi. Hisoblashni osonlashtirish uchun quyidagi shartlar qabul qilinadi: Ajratilishi kerak bo'lgan suyuqlik Truton qoidasiga bo'ysunadi deb olinadi, bu qoidaga asosan bug'lanish yoki kondensatsiyalanishning mol hisobidagi issiqligi r ning absolyut qaynash temperaturasi T ga nisbati hamma suyuqliklar uchun taxminan o'zgarmas qiymatga teng. Komponentlar soni p ga teng bo'lgan aralashma uchun quyidagilarni yozish mumkin: 2. Kolonnadan deflegmatorga o'tayotgan bug'ning tarkibi Ud disrtillyatning tarkibi x ga teng. Bunda deflegmatordagi bug' kontsentratsiyasining biroz oshishi hisobga olinmaydi va ud =ur=xr deb olinadi (bu yerda ur- bug' fazasidagi distillyatning tarkibi). 3. Qaynatkichdan kolonnaga o'tayotgan bug'ning tarkibi u kollonnaning pastki qismidan qaynatkichga tushayotgan suyuqlikning tarkibi x ga teng (U = x), yani qaynatkichdagi suyuqlikning bug'lanishi ta'sirida fazalar tarkibining o'zgarishi hisobga olinmaydi. 4. Aralashma komponentlarining siljish issiqliklari nolga teng. 1- va 4- shartlarga ko'ra, 1 kmol qiyin uchuvchan komponent (QK.) ning kolonnada kondensatsiyalanishida 1 kmol yengil uchuvchan komponent (YeK) bug'lanadi, yani kolonnaning ichida ko'tarilayotgan bug'larning miqdori (kmol hisobida) uzgarmasdir. Bulardan tashqa-ri, aralashma kolonnaning taminlovchi tarelkasiga qaynash temperaturasigacha isitilgan holda beriladi hamda moddiy va issiqlik yuqotishlar bo'lmaydi deb olinadi. Moddiy balans. Moddiy oqimlarning yo'nalishlari va ularning tarkiblari -rasmda yaqqol ko'rsatilgan. Sxemaga ko'ra, kolonnaga tarkibi XH ga (HKning mol ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.63 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.63 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:51 ]
Arxiv ichida: doc