Rentgenoskopiya va angiografik tizim vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish

Rentgenoskopiya va angiografik tizim vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Rentgenoskopiya va angiografik tizim vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish - rasmi

Material tavsifi

RENTGENOSKOPIYA VA ANGIOGRAFIK TIZIM VOSITALARINI TA'MIRLASH VA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH MUNDARIJA Kirish Rentgenoskopiya Angiografiya Kompyuter Tomografiya Xulosa Foydalanilgan Adabiyotlar KIRISH TIBBIYOT RADIOLOGIYANI RIVOJLANISH TARIXI Tibbiyot radiologiyasi 1950-yildan shakllana boshlaydi. U fizika, kimyo, biologiya va tibbiyot fanlari bilan uzviy bog'langan. Tibbiyot radiologiyasi fani turli sohalarni o'z ichi ga oladi. Bularga: tibbiy radiatsion fizika, texnika va tibbiyotda qo'llanadigan ion hosil qiluvchi nurlarning manbalari, tegishli texnika tuzilmalari, turli tekshirish usullari, nurlarni qayd qiluvchi va klinik sharoitda ularni ushlovchi hamda qabul qiluvchi asboblar kiradi. Radiobiologiya nurlarning biologik obyekt (odam)ga ta'sirini o'rganadi. Radiatsion gigiyena odamlarni ion hosil qiluvchi nurlar ta'siridan himoya qilish choralarini ko'radi. Rentgenologiya rentgen nurlarining patologik jarayonni tekshirishda, aniqlashda qo'llanishini o'rganadi. Radionukleid diagnostika turli radiofarm preparatlar yordamida amalga oshiriladi. RENTGENOSKOPIYA Rentgenologik tekshirish rentgenoskopiya yoki rentgenografiya shaklida o'tkaziladi. Rentgenoskopiya - tananing bir qismiga nur yuborib, uni ekranda olingan tasviriga qarab o'rganishdir; rentgenografiya - tananing bir qismiga nur yuborib, uni plastinkaga olingan tasviridir. Sog'lom odamning ko'krak qafasi rentgen nurlari yordamida tekshirilganda ekranda qovurg'alar va o'pka maydonlari ko'rinadi. O'pka maydonining markazida yurak, yirik tomirlar, traxeya, qizilo'ngach, limfa tugunlari, shuningdek, umurtqa pog'onasidan iborat o'rtadagi soya ko'rinadi. Bu o'rtadagi soyaning chetlari bo'ylab o'pka ildizi soyasi deb ataluvchi va o'ng hamda chap o'pkaga boruvchi yirik tomirlardan va limfatik tugunlardan iborat uncha ifodalanmagan soya ko'rinadi. O'pka kasalliklarida o'ziga xos o'zgarishlarini rentgenoskopiya usul bilan aniqlash mumkin. Angiografiya - qon va limfa tomirlariga kontrast (soya tushiradigan va organizm uchun bezarar) modda yuborib, rentgenologik usul bilan qon tomir suratini olish. Angiografiya qon va limfa tomirlari kasalliklarini, shuningdek ba'zi a'zolar (miya, yurak, o'pka va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga