Revmatizm va yurak kasalliklari REJA: 1.Revmatizm. 2.Revmatik endokardit, miokardit, perikardit, poliartrit, xoreya. 3.Yurakning ishemik kasalligi. 4.Stenokardiya. 5.Miokard infarqti. Revmatizm - biriktiruvchi to'qimaning yallig'lanishi natijasida yurak - tomir, tayanch - harakat (bo'g'imlar), nerv tizimlarining yallig'lanishi (zararlanishi) bilan kechadigan infeksion-allergik kasallikdir. Revmatizmda birinchi navbatda yurak zararlanadi, ya'ni yurakning uchta qavatini yallig'lanish kasalliklari: endokardit, miokardit, perikardit yuzaga keladi. Endokardit tufayli sodir bo'ladigan yurakning porok (norasolik) kasalligining asosiy sababchisi revmatizmdir. Shu bois revmatizm yurak-tomir kasalliklari mavzusida o'rganiladi. Sababi. Revmatizmni vujudga kelishiga tez-tez takrorlanadigan angina, surunkali tonzillit, gaymorit, yiringli otit, tish kasalliklari sabab bo'ladi. Sovuq havo, namlik, sovuq ichimliklarni iste'mol qilish revmatizmni yuzaga keltiruvchi omil hisoblanadi. Sovuq ta'sirida gemolitik streptokokk mikrobining ko'payishi uchun odam organizmida qulay sharoit yaratiladi. Belgilari. Revmatizm aksariyat hollarda bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalarda boshlanadi. Yurak qavatlari yallig'lanishi tufayli endokardit, miokardit, perikardit kasalliklari yuzaga keladi. Bu kasalliklar birlashtirilgan holda revmokardit (yurakning revmatizm kasalligi) deb ataladi. Revmatik poliartrit. Bo'g'imlarni revmatizm bilan yallig'lanishidir. Ko'pincha, tizza, oshiq, tirsak, bilak, yelka, panja bo'g'imlari yallig'lanadi. Zararlangan bo'g'imlar og'riydi, shishadi, ularni bo'qish va yozish qiyinlashadi. Og'riq va shish bir bo'g'imdan boshqasiga ko'chib turadi. Revmatik endokardit. Yurakning ichki (endokard) qavatini yallig'lanishi. Belgilari. Yurak sohasida kuchsiz gijimlovchi og'riq, harakat qilganda yurak urishining tezlashuvi, bemor rangining oqarishi, tez charchash kuzatiladi. Ammo, ko'p hollarda bolalar bu belgilarga e'tibor bermaydilar, yoki o'z vaqtida me'yoriga yetkazib davolanmaydilar. Shu tufayli ko'p hollarda endokarditning asorati sifatida yurakning porok (norasolik) kasalligi vujudga keladi. Yurak porok kasalligi ko'pincha sezilmagan holda kechadi va tibbiy ko'rik paytida to'satdan aniqlanadi. Yoshi ulg'ayganda yurak porogi natijasida surunkali yurak-tomir yetishmovchiligi paydo bo'lib, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.31 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.31 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:53 ]
Arxiv ichida: doc