Revmatizm - rasmi

Material tavsifi

Revmatizm Reja: ma'ruzani maqsadi va vazifasi Etiologriya va patogenezi yoritish Klassifikatsiya va klinika Tanaffus Bemorni ko'rsatish Laborator-instrumental diagnostika Ta±±oslash tashxisi Davolash va profilaktika Xulosa . Savollarga javob o'tkir RYeVMATIK ISITMA (URI) ta'rifI. Revmatizm (bod kasalligi) - umumiy infeksion-allergik kasallik bo'lib, biriktiruvchi to'qimaning sistemli yallig'lanishi bilan ifodalanadi, aksariyat, yurak va qon-tomirlarni shikastlaydi. tarqalishI. Revmatizm bilan yer kurrasi aholisining 2-4% xastalangan, iqtisodi tuban davlatlarda keng tarqalgan. Revmatizmning birlamchi xuruji bolalik va o'smirlik davrlarda (7-15 yoshda) sodir bo'ladi, qariyalarda juda kam uchraydi. Ayollar erkaklarga nisbatan 2,5-3 marta ko'p kasallanadi. Oxirgi yillarda revmatizm bilan xastalanish va uning retsidiv soni kamaygan, buning sababi bemorlarni samarali dispanserizatsiya muolajalarini qo'llashdir. ETIOLOGIYaSI. Infeksiya - kasallik rivojlanishi o'tkir yoki surunkali burun-tomoq infeksiyasi bilan bog'liqdir. Qo'zg'atuvchi omil beta-gemolitik streptokokk (A serologik guruhi). Irsiy moillik bo'lgan kishilarda streptokokk infeksiyasi autoimmun jarayonini vujudga keltiradi. Revmatizm rivojlanishining streptokokk infeksiyasi bilan bog'liqligini tasdiqlovchi dalillar: Revmatizm oldidan burun-tomoq streptokokk infeksiyasining (angina, faringit, skarlatina) o'tkazilishi. Yuqori nafas yo'llarining o'tkir kasalliklari keng tarqalgan vaqtda revmatizm bilan xastalanishning ko'payishi. Revmatizm bilan og'rigan bemorlarda streptokokka qarshi antitanalar (ASL-O, ASG, ASK) titrining ortishi. Streptokokk infeksiyasi o'chog'ini faol davolash va streptokokka qarshi profilaktika choralarini qo'llash revmatizm bilan xastalanishni va uning qaytalanishi-ni kamayishiga olib keladi. Revmatizmning streptokokk infeksiyasi bilan chaqirilishi hastalikning klassik turiga (o'tkir davom etuvchi, jarayonda bo'g'inlar shikastlanishi) xos. Kasallikning cho'ziluvchan, yashirin, yoki uzluksiz qaytalanuvchi turlarida jarayonning streptokokk infeksiyasi bilan bog'liqligi aniqlanmagan. Streptokokk antitana titrining ko'tarilishi yuq. Revmatizm qaytalanishida bitsillin profilaktikasi natijasiz. Bu holatda revmatizm allergik (streptokokk infeksiyasiga bog'lik; bo'lmagan), infeksion-toksik yoki virusli tabiatda bo'ladi. PATOGYeNYeZI. Allergiya nazariyasi - immun buzulishi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.71 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.71 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga