Revmatoid artrit

Revmatoid artrit

O'quvchilarga / Tibbiyot
Revmatoid artrit - rasmi

Material tavsifi

Revmatoid artrit Reja: Revmatoid artrit Revmatoid artrit rivojlanishi autoimmun xarakterga ega bo'lganligi Revmatoid artrit - surunkali bo'g'im biriktiruvchi to'qimasining yallig'lanishi bilan kechuvchi, bo'g'imlarda erozivdestruktiv xarakterdagi uzluksiz yallig'lanish jarayoni kuchayib boruvchi kasallikdir. Bu kasallikda, bo'g'im to'qimalarida immunologik asosda kechuvchi yallig'lanish rivojlanib, u bo'g'imda, tog'ayda morfologik o'zgarishlarga olib keladi. Keyinchalik bemorda ichki a'zolarining zararlanishi kuzatiladi. Uning asosida immunokompleks ta'sirida bo'ladigan yallig'lanish yotadi. Etiologiyasi. Revmatoid artritning kelib chiqish sababi aniqlanmagan. Kasallikning rivojlanishida virus infeksiyasiga va boshqa infeksion omillarga ahamiyat berilmoqda. Mikrob hujayrasi va uning parchalanishidan sodir bo'lgan molekular komponentlar bo'g'im hujayrasiga tropizm xususiyati tufayli ularda uzoq muddat to'planib, xarakterli immun javobiga olib keladi. Virus DNK hujayrasiga joylashib olib, antigen xususiyatiga ega bo'lgan noinfeksion oqsil tanachalarini sintez va sekretsiyasini kuchaytiradi, bu esa immun reaksiyaning avj olishiga olib keladi. Kasallikning rivojlanishida irsiy omillar muhim o'rin tutadi. Bemor organizmida o'zgargan immun reaktivlik aniqlangan. Patogenezi va patanatomiyasi. Ma'lum bir etiologik shartsharoitlar natijasida bo'g'imning sinovial qobig'i yallig'lanadi va mahalliy immun reaksiyasi rivojlanadi, bu esa agregatsiyalangan IgG hamda IgA va IgM shakllanishi bilan davom etadi. Bu o'zgargan IgG antigen xususiyatiga ega bo'lib, ularga qarshi immun xususiyatga ega bo'lgan sinovial qobiqning plazmotsitlarida, limfa tugunlarida va taloqda antitanalar ishlab chiqariladi - ularni revmatoid omil deb ataladi. Agretsiyalangan IgG (IgA, IgM) PO va komplement bilan o'zaro ta'sirlanib, bo'g'im suyuqligida va sinovial qobiqda immun kompleksi hosil bo'lishiga olib keladi. Bunga javoban bo'g'im to'qimalarida immun yallig'lanish rivojlanadi. Sinovial qobiqning plazmatik hujayradan va sensibilizatsiyalangan limfotsitlardan tashkil topgan yallig'lanishi shakllanib, kengayib boradi - ular to'qimalarni shikastlantiradi. Immun komplekslar qonda, tanada aylanib yuradi, bu yallig'lanish jarayonining surunkali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.61 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:53 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.61 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga