Ruhiy salomatlikni rivojlantirish prinsiplari Salomatlik so'zi - bu kengqamrovli, ko'pqirrali, o'z ichiga inson va uning organizmiga tegishli bo'lgan ruhiy va jismoniy holatlarni, o'zaro bog'liq va bir butun bo'lgan juda ko'p masalalarni o'z ichiga oladi. Salomatlik - nafaqat har bir insonning - odamning o'zi uchun, balki butun jamiyatning bebaho boyligidir. Salomatlikning juda ko'p omillari mavjud, lekin ulardan biri - boshqalaridan ko'ra yaxshiroq o'rganganim va mening hayotimga ko'proq ta'sir ko'rsatgani - aql kuchidir. Ko'p kishilar aql faqat ruhiy salomatlik va hissiyotlarga bog'liq, deya noto'g'ri hisoblaydilar, aslida har qanday salomatlik, u ruhiymi yoki jismoniy bo'lsin, miyada boshlanadi. Bu sizning tafakkuringizni nazorat etuvchi aql kuchidir, tafakkuringiz esa o'z o'rnida tanangizda nimaiki ro'y bersa, barchasini nazorat qiladi. Miyangiz so'lak ajratishga majbur etgani kabi immun tizimiga ham ko'proq miqdorda oq qon tanachalarini ishlab chiqishga xuddi shunday buyruq beradi. O'sha kuchdan og'riqni kamaytirish, terini toshmalardan tozalash va boshqa kasalliklarni, shu jumladan, saratonni ham davolashda foydalanishimiz mumkin. Biz o'zimizga yaqin va qadrli kishilarimiz bilan uchrashganimizda ham, xayrlashayotganimizda ham o'zaro bir-birimizga eng yaxshi va mustahkam salomatlik tilaymiz. Chunki salomatlik inson uchun bebaho va baxtli hayoti garovining asosiy shart-sharoiti hisoblanadi. Shuningdek, inson o'z salomatligi tufayli oldiga qo'ygan hayotiy maqsad va rejalarini amalga oshiradi va kerak bo'lsa har qanday qiyinchiliklarni engadi. Inson yaxshi va mustahkam salomatligi tufayli aql-idrok bilan o'z salomatligiga erishgan va uni mustahkam saqlagan odamgina o'zining faol xatti-harakati, hayoti va uzoq umr ko'rishligiga asos solgan bo'ladi - ta'minlaydi ham. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
93.97 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
93.97 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:55 ]
Arxiv ichida: ppt