Salomatlik va faol harakatchanlik

Salomatlik va faol harakatchanlik

O'quvchilarga / Tibbiyot
Salomatlik va faol harakatchanlik - rasmi

Material tavsifi

Salomatlik va faol harakatchanlik Reja: Chiniqtirishning foydasi. Chiniqtirish tamoyillari. Havo bilan chiniqtirish. Suv bilan chiniqtirish. Sportchilarni chiniqtirishning o'ziga xosligi. Chiniqtirish-bu organizmning atrof-muhitning noqulay omillariga, ayniqsa, sovuqqa bardoshliligini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Tana sovuganda dastlab teri tomirlari torayadi, qon ichki organlarga qo'yiladi, teri oqaradi, shu bilan bir vaqtda yurak qisqarishlari tezlashadi va kuchayadi, qonning arterial bosimi ko'tariladi, issiqlik mahsulini kuchaytirishga olib boruvchi titrash paydo bo'ladi (muslullar beixtiyor qisqaradi); bu vaqtda tana temperaturasi ko'tariladi. Shundan keyin teri qizaradi va butun tana bo'ylab issiqlikni sezish holati paydo bo'ladi, chunki issiqlik mahsuli issiqlik yo'qolishini oshira boshlaydi. Keyinchalik soviganda teri qaytadan oqaradi, lablar ko'karadi, tana bo'ylab titroq boshlanadi, bu organizm haddan tashqari soviganligining belgisidir. Sovuqning har kungi ta'siriga organizm o'rganadi va kamroq ta'sirlanadi; sovuq birmuncha uzoq vaqt va intensiv ta'sir etgandagina haddan tashqari sovish belgilari paydo bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda organizmning yuqumli kasalliklarga bardoshliligi oshadi. Organizmni chiniqtirish-o'ta davolovchi vosita bo'lib, talaba sog'ligini mutadil ushlab turish vazifasini bajaradi. Ilmiy tekshirish tadqiqotlari keyingi payt shuni ko'rsatmoqdaki, organizmni chiniqtirish har xil surunkali hastaliklar bilan chalinishni oldini oladi, uzoq umr kechirish va aqliy hamda jismoniy ish qobiliyatini me'yoridan saqlab turish imkonini oshiradi. Organizmni chiniqtirishni doimiy olib boruvchilar orasida har xil hastaliklar 24 barobar kam uchrar ekan. Bundan tashqari, chiniqish organizmning umumiy quvvatini oshirish xususiyatiga ham ega. Organizm tonusini oshiradi, markaziy nerv tizimini mo'tadillashtiradi, qon aylanishi doirasida qon oqish harakatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini jadallashtiradi, organizmni har xil tashqi ta'surotlarga chidamliligini oshiradi. Chiniqish, bundan tashqari organizm termoregulyatsion apparatiga ijobiy ta'sir etib, har xil meteofaktorlar salbiy ta'sirini oldini oladi. Buning natijasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.95 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.95 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga