Sezgi a'zolari yoki analizatorlar fiziologiyasi va gigiyenasi

Sezgi a'zolari yoki analizatorlar fiziologiyasi va gigiyenasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Sezgi a'zolari yoki analizatorlar fiziologiyasi va gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

Sezgi a'zolari yoki analizatorlar fiziologiyasi va gigiyenasi Reja: Ko'rish analizatorlari Eshitish analizatori Hid bilish va tam bilish analizatorlari Teri analizatori. Odam vujudi uni o'rab olgan tashqi muhit hamda o'zining ichki muhiti haqidagi axborotlarni maxsus sezgi a'zolari yoki analizatorlar orqali qabul qilish xususiyatlariga ega. Tashqi va ichki ta'sir etuvchi omillar o'z tabiatidan qatiy nazar nerv tizimida tegishli nerv impulslariga aylanib, malum tasavvurni hosil qiladi. I.P.Pavlov har bir analizator uchta asosiy, yani retseptor yoki sezuvchi, o'tkazuvchi hamda markaziy qismlardan iborat, degan ilmiy asoslangan umumlashtiruvchi ta'limot yaratdi. Retseptor qism qabul qilingan qitiqlagichlarni tegishli nerv impulslariga aylantirib beradigan maxsus nerv hujayralari yoki nerv uchlaridan tashkil topgan bo'lib, tuzilishi va muhit ta'sirotlarini qabul qilishga moslashgan turlari bilan bir-biridan farq qiladi (ko'z retseptorlari yorug'lik nurini, quloq retseptorlari tovush to'lqinini va hokazo). O'tkazuvchi qism malum analizatordan markaziy nerv tizimi orqali miya yarim sharlari po'stlog'igacha boradigan nerv tolalaridan iborat. Markaziy qism yarim sharlar po'stlog'idagi aynan belgilangan sezgi azosining sohasi bo'lib, u ichki va tashqi muhitdan impulslarni markaziy tahlil qiladi. Sezgi a'zolari bir-biri bilan yaqindan bog'lanib faoliyat ko'rsatadi va bu narsa yashayotgan muhit haqida to'liqroq tasavvurga ega bo'lish va uni idrok qilish imkoniyatini beradi. Yana shu narsani qayd qilish joiz-ki, bola tug'ilgandan boshlab barcha analizatorlar orqali uning markaziy nerv sistemasiga tegishli axborotlarning borib turishi uning har tomonlama barkamol bo'lishini ta'minlaydi, aks holda, yani analizatorlarning etarli ishlamasligi yoki etarli faoliyat ko'rsatmasligi kishining aqliy jihatdan yetuk bo'lishiga salbiy ta'sir qiladi. odamda ko'rish, eshitish, vestibulyar, tam bilish, hid bilish, teri va ichki analizatorlar mavjud bo'lib, shundan oxirgisi somatosensor tizim deb ham ataladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga