Sezgi a'zolari Reja: Sezgi a'zolarining klassifikatsiyasi. Tayoqchasimon va kolbachasimon hujayralar. Kolbachasimon fotoretseptor neyronlarning asosiy xususiyati: Ta'm bilish a'zosi. Sezgi a'zolarining klassifikatsiyasi. Sensor tizim markaziy - analizatorlar va periferik - sezgi a'zolar qismlardan tashkil topgan. Sezgi a'zolarining uch turi mavjud: neyroektodermal kelib chiqishga ega bo'lgan retseptor hujayralar, birlamchi sezuvchi a'zolar (ko'rish va hidlov a'zolari); epitelial kelib chiqishga ega bo'lgan retseptor hujayralar, ikkilamchi sezuvchi a'zolar (eshituv, muvozanat va ta'm bilish a'zolari); sezuvchi gangliylar neyronlarining dendritlari bo'lgan kapsulali va kapsulasiz nerv oxirlari. Ko'rish a'zosi - ko'ruv analizatorining periferik qismi bo'lib, ko'z olmasi va ko'zning yordamchi apparatidan tashkil topgan. Embrional rivojlanish manbai: nerv naychasi, oldingi miya pufagi - to'r parda, ko'ruv nervi, yoy parda va qovoq mushaklari, gavxar. teri ektodermasi - muguz parda epiteliysi, konyuktiva, ko'z yosh bezlari. mezenxima - tomirli parda, sklera va ularning hosilalari. Ko'z olmasining umumiy tuzilishi: tashqi fibroz pardasi - oldindan muguz parda, orqa tomondan oqsil parda - skleradan iborat; o'rta tomirli parda va uning hosilalari: kiprikli tana va yoy parda; ichki to'r parda; gavxar; shishasimon tana; ko'zning oldingi va orqa kamerasidagi suyuqlik. Asosiy funksional apparati: retseptor - to'r parda; dioptrik - muguz parda, gavxar, shishasimon tana, ko'z kameralaridagi suyuqlik; akkomodatsion - yoy parda, gavxar, kiprikli tana; yordamchi - qovoqlar, kipriklar, ko'z yosh bezlari, ko'zni harakatlantiruvchi mushaklar. Sklera - zich biriktiruvchi to'qima, kollagen tolalardan iborat paral-lel plastinkalar, ular orasida fibroblastlar va elastik tolalar joylash-gan. Sklera konyunktiva (ko'p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy va siyrak tolali biriktiruvchi to'qima) bilan qoplangan. Muguz parda atrofi-da qon tomirlar tutuvchi limb mavjud. Muguz parda chegarasida tarmoqlan-gan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.9 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.9 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:59 ]
Arxiv ichida: doc