Sezgi organlari

Sezgi organlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Sezgi organlari - rasmi

Material tavsifi

Sezgi organlari Reja: Analizatorlar haqida tushuncha Ko'rish analizatori. Ko'zning tuzilishi. Ko'rish o'kirligi va ko'rish maydoni, ko'rishning Buzilishi va ko'rish gigiyenasi. Muvozanat, teri va kinestatik analizatorlar. Visseral, hid sezish va ta'm bilish analizatorlari Analizatorlar haqida tushuncha Odamning markaziy nerv sistemasiga to'xtovsiz axborotlar oqimi kelib turadi. Bu axborotlar bosh miyaga ikki manbaadan keladi: 1. Organizmning organlari va to'qimalaridan keladigan axborotlar. 2. Tashqi muhitdan organizmga sezgi a'zolari orqali keladigan axborotlar. Organizmda bu axborotlarni qabul qilib oladigan, uni miyaga o'tkazib beradigan va miyada bu axborotni qayta ishlab, shu axborotga muvofiq javob reaksiyasi hosil qiladigan tuzilma mavjud. Bu tuzilmani I.P.Pavlov analizatorlar deb atagan (112-rasm). Har qanday analizator 3 qismdan iborat: 1. Periferik - qabul qiluvchi qism - retseptorlar. 2. Impulsni o'tkazuvchi nerv yo'llari. 3. Miyadagi nerv markazlari. Analizatorlarning periferik qismi, ya'ni retseptorlar (retsepsiya - sezish) ta'sirini qabul qilib oladilar. Retseptorlarning asosiy xossasi muhitning har qanday ta'sirini nerv impulsiga aylantirishdan iborat. Retseptorlar o'z ta'sirlovchilariga juda sezgir bo'ladilar. Masalan, ko'rish sezgisi hosil bo'lishi uchun 6-10 kvant yorug'lik kifoya qiladi, quloqning nog'ora pardasi vodorod atomidan 10 marta kichik masofaga siljiganida eshitish retseptorlari miyaga signal yuboradi, hidni sezish uchun havoning tarkibidagi xushbo'y moddaning 2-3 molekulasi yetarli bo'ladi. Ta'sirni qaysi manbadan qabul qilib olishiga qarab, retseptorlar 2 guruhga bo'linadi. 1. Ekstraretseptorlar. Ular tashqi muhit ta'sirlarini qabul qilib oladilar. Bularga ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, muvozanat organlarining, hamda terida joylashgan retseptorlar kiradi. 2. Intraretseptorlar. Ular ichki organ va to'qimalardan ta'sirni qabul qilib oladilar. Bularga ovqat hazm qilish, nafas olish, yurak-qon tomir, siydik - tanosil organlarida, bezlarda va mushak-paylarda joylashgan retseptorlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.51 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.51 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga