Shifokor siri haqida. Shifokorning bemor bilan muloqoti uslubiyotiga doir

Shifokor siri haqida. Shifokorning bemor bilan muloqoti uslubiyotiga doir

O'quvchilarga / Tibbiyot
Shifokor siri haqida. Shifokorning bemor bilan muloqoti uslubiyotiga doir - rasmi

Material tavsifi

Shifokor siri haqida. Shifokorning bemor bilan muloqoti uslubiyotiga doir Reja: Muloqot turlari va tinglash mahoratining umumiy tamoyillari So'rab-surishtirish uslublariga doir Turli hastaliklarda bemor bilan muloqotning o'ziga xos xususiyatlari Jarrohlik bo'limidagi bemorlar bilan muloqot. Ginekologiya va tug 'riq bo 'limidagi bemorlar bilan muloqot Pediatriya muomala odobi. Bemor bilan muloqotda hosil bo'ladigan savollarga etalonli javob namunalari Bemor qaringdoshlari bilan muloqot. Tib xodimlari bemor bilan o'zaro munosabatda bo'lar ekan, kasalning shaxsiy xususiyatlarini, kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan asabiy ta'sirlanishni, madaniyat darajasini hisobga olishi va albatta shifokor sirini oshkor qilmasligi kerak. Shifokor siri deganda ko'pincha bemor to'g'risidagi ma'lumotlar (bu ma'lumotlar asosan bemorning o'zidan olinadi), kasallikning noxush yakuni, psixologik (inson ruhiga) ziyon yetkazuvchi tashxis tushuniladi. Tibbiyot xodimining faoliyatida aksariyat shunday hollar bo'ladiki, shifokor siri «aldash» bilan bog'liq bo'ladi, bu «muqaddasyolg'on» deb ataladi. Masalan, kasalligi o'limga olib boradigan bemorga uning ahvoli og'ir ekanligini gapirmaslik kerak. O'limi aniq bo'lgan bemorlarga sog'ayib ketishiga umid bildirib aytilgan so'zlar tasalli beradi. Kasallikning kechish tarzi va uning qanday tugashi haqidagi ma'lumotlarnigina emas, shu bilan birga bemorlarning xufiyona hayoti haqidagi ma'lumotlarni ham oshkor qilib bo'lmaydi, chunki bu hoi ularga qo'shimcha azob-uqubat keltirishi va shifokor, hamshiraga bo'lgan ishonchga putur yetkazishi mumkin. Tibbiyot xodimlari bemorga uning haqiqiy tashxisini ma'lum qilishi yoki qilmasligi haqida fikr yuritishlari zarur. Agar ular bemorga tashxisni bildirishga qaror qilsalar, uning bosqichi, asoratlarini yengil shaklda, bemorni asta-sekin tayyorlagan holda, bosqichma-bosqich aytishni o'ylab ko'rishlari kerak. Tabiiyki, unga hamma narsani gapirib bo'lmaydi, lekin ziyoli, tushunadigan bemor oldida «sukut saqlash» yoki ikkilanish foydadan ko'ra, ko'proq zarar keltiradi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, bemor uchun aytilmagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.38 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.38 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga