Mavzu: Vrachning xatosi Reja: Kirish: TIBBIYOT AMALIYOTIDA VRACHLARNING XATOSI Diagnostik xatolar Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatolar. Tibbiyot hujjatlarini to'lg'azishdagi xatolar. Vrachlik amaliyotida baxtsiz hodisalar TIBBIYOT AMALIYOTIDA VRACHLARNING XATOSI VA BAHTSIZ HODISALARNI HUQUQIY BAHOLASH. Vrachlar faoliyatining juda murakkab va kasbiy javobgarligida tibbiyot tadbirlarining nohush oqibatlari kuzatilishi hisoblanadi. Bu ko'pincha kasalliklar yoki jarohatlanishlar, organizmning individual xususiyatlari, vrachga bog'liq bo'lmagan holda kech tashxis qo'yilishi va davolashning kechikib boshlanishi bilan xarakterlanadi. Ba'zan tibbiy muolajalarning nohush oqibatlari kasalliklarni klinik belgilarini noto'g'ri baholash yoki davolashni to'g'ri baholanmaganligi tufayli yuzaga keladi. Bunday hollarda vrachlarning xatosi vrachning o'z kasbiy majburiyatini bajarishida sitqidildan yanglishishi bo'lib, buning tarkibida jinoyat belgilari kuzatilmaydi. Shunday ekan, vrachlar xatosi deganda ularni o'z xizmat vazifalariga sitqidildan yondashib adashishlari va uning harakatida jinoyat belgilari bo'lmasligi tushuniladi. Bu o'z navbatida, aniq holatda vrachning o'z vazifasini bajarishida haqliligiga ishonishidir. Vrachlar xatosining obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. obyektiv sabablari vrachning tayyorgarlik darajasi va malakasiga bog'liq emas. Bularning bo'lishida vrachlarning xatosi shunday hollarda sodir bo'ladiki, ba'zan vrach kasallikni oldini olishda barcha imkoniyatlardan foydalanilganda ham baribir kuzatilishi mumkin. Vrachlar xatosining obyektiv sabablariga qo'yidagilar kiradi: rivojlanmaganligi (kasallikning etiologiyasi, potogenezi va klinik belgilarining yetarlicha o'rganilmaganligi); tashxis qo'yishning obyektiv qiyinligi (kasallikni noaniq o'tishi, bitta bemorda bir necha raqobatli kasalliklarning bo'lishi); bemorning og'ir hushsiz holatda bo'lishi va tekshirish uchun vaqt yetishmasligi; kerakli laboratoriya va instrumental diagnostik apparatlarning bo'lmasligi va boshqalar. Vrachlarning shaxsiy va kasbiy faoliyatiga bog'liq subyektiv sabablarga yetarlicha amaliy tajribaga ega bo'lmasligi, anamnestik va klinik kuzatuv natijalarini yetarlicha baholay olmaslik yoki ortiqcha baholash, laboratoriya va instrumental tekshiruv usullari ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
788.92 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
788.92 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:59 ]
Arxiv ichida: pptx