Shifokorning nutq madaniyati

Shifokorning nutq madaniyati

O'quvchilarga / Tibbiyot
Shifokorning nutq madaniyati - rasmi

Material tavsifi

Shifokorning nutq madaniyati Bilgilki, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. Husayn Voiz Koshifiy Nutq - fikrimiz, bilimimiz, munosabatlarimiz va dunyoqarashimizning so'zlar orqali ifodalanishidir. So'z - bu qurol, so 'z - bu tig', so 'z - bu malham. So 'z ko 'rkimiz, mohiyatimiz, madaniyatimizdir. Qadimdan so'z buyuk shifobahsh kuch-qudratga ega bo'lib kelgan. So'z odamzod zabonidagi eng aziz gavhardir. Mashhur yunon hakimi Buqrot «Inson ruhini davolamay, tanga shifo berib bo'lmaydi», deb ta'kidlaganida aynan «so'z»ni nazarda tutgan. Darhaqiqat, turli kasalliklar ruhiyatda u yoki bu o'zgarishlarni vujudga keltiradi, bu esa bemorlar bilan bolgan muloqotda o'z ifodasini topadi. Inson aqliy va fiziologik faoliyatining mevasi - nutq orqali bu muloqot namoyon bo'ladi. Zamonaviy tibbiyotda shifobahsh omil sifatida so'zning ahamiyati yanada ortdi. Turli davrlarda nutq madaniyatiga doimo katta e'tibor bilan qaralgan. Nutq madaniyatiga, bemor bilan muloqot san'atiga bekamu ko'st, mohirona amal qilish oson emas. Bu tibbiyot xodimidan yuksak ruhiy manbani, yuqori madaniyatni, o'ta nozik darajadagi sezgirlikni, bilimni, matonatni va hatto ba'zida aktyorlik darajasidagi mahoratni talab qiladi. Qadimgi hind tabibi Sushruta: «So'z muloyim, yoqimli va umidvor qila oladigan, ruhga taskin berguvchi bo'lmog'i lozim», deb yozgan edi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham dolzarbdir. Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi Muhammad Zakariyo ar-Roziy «Tibbiyot hikmatlari» asarida shunday yozadi: «0'zini tib olamiga bag'ishlagan inson eng avvalo, bilimli, kamtarin, insonparvar, haqparvar, mulohazali, fahm-farosatli, istalgan masalaning mohiyatini tushuna oladigan bo'lishi lozim». Bu ta'rifga sazovor bo'lish uchun tibbiyot xodimidan katta bilim sohibi bo'lish talab qilinadi. Buning uchun shifokor va hamshira tib ilmlarini egallabgina qolmay, balki adabiyot, san'atni bilishi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.04 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.04 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga