Shikastlanishlar. Yopiq va ochiq shikastlanishlar R e j a : 1 Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari. 2. Yopiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish. 3. Ochiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish. Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. Grekchada trauma- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi. 1) Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho'zilish). 2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv nurlanishlar) 3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri). 4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo'rqish, vahima qilish). Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan. l.Ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan shikastlanishlar. Bular o'z navbatida transport shikasti, temir yo'l, avtomobil, tramvay va hokoza, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug'ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi. 2.Ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat korxonalarida va qishloq xo'jaligida ko'proq uchraydi. 3.Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni qasddan o'ldirish va hakazo farqlanadi. Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi: bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar) bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar. Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi: Ochiq va yopiq shikastlanishlar. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho'zilish, suyaklar chiqishi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.81 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.81 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:59 ]
Arxiv ichida: doc