Shok - rasmi

Material tavsifi

Shok. REJA: 1.Shok haqida tushuncha. 2.Shokning turlari: -travmatik shok; -gemorragik shok; -gipovolemik shok; -kardiogen shok; -toksikoinfeksion shok; -anafilaktik shok. Shok haqida tushuncha. Markaziy nerv tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi tizimlari funksiyasini buzilishi tufayli yuzaga keladigan nihoyatda og'ir, hayot uchun xavfli kasallik holatidir. Shokning turlari. Yuzaga keltirgan sabablariga ko'ra shok 6 turda bo'ladi: -travmatik shok; -gemorragik shok; -gipovolemik shok; -kordiogen shok; - toksiko infeksion shok; -anafilaktik shok. Shokning har bir turi uni yuzaga keltirgan sabablariga ko'ra, o'ziga xos belgilar bilan farq qiladi. Ana shu belgilardan kelib chiqqan holda, shok holatidagi bemorga birinchi tibbiy yordam ko'rsatiladi. Travmatik shok. Sababi.1.Mexanik ta'sirlar: urilish, yiqilish, transport hodisalari. 2.Kuyish(termik kuyish, kimyoviy kuyish). 3.Elektr toki ta'siri; 4.Sovuq ta'siri. Belgilari. Yuqoridagi sabablarda ko'rsatilgan tashqi kuchli ta'sirlar natijasida shikastlangan odamning birinchi navbatda markaziy nerv tizimi zararlanib kuchli og'riq paydo bo'ladi. U karaxt holatiga tushadi, yoki butunlay hushini yo'qotadi. Markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishi, kuchli og'riq o'z navbatida yurak-tomir va nafas olish tizimlari faoliyatining buzilishiga olib keladi. Agar travma natijasida jarohatlanish, ya'ni teri va to'qimalar butunligining buzilishi ham yuzaga kelgan bo'lsa, jarohatdan qon ketishi tufayli bemor qon yo'qotadi. Buning natijasida tomirlarda harakatlanayotgan qon miqdori kamayadi va organizmda qon aylanish jarayoni buziladi. Arterial qon bosimi pasayadi. Bu esa, o'z navbatida bosh miya nerv to'qimasini, tananing barcha to'qimalarining kislorod va oziq moddalar bilan ta'minlanishini buzilishiga olib keladi. Shok 2 davrda kechadi: 1. Shokning erektil davri. 2. Shokning torpid davri. Shokning eriktil davrida bemor qo'zg'aladi, alaklaydi, baqiradi, tipirchilaydi.Arterial qon bosimi normal bo'ladi, yoki biroz ko'tariladi.Yurak urishi tezlashadi.Nafas tezlashadi.Teri oqaradi, ko'z qorachiqlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.47 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.47 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga