Shoshilinch davo talab qilinadigan ko'krak qafasi a'zolari kasalliklari diagnostikasi va davosi

Shoshilinch davo talab qilinadigan ko'krak qafasi a'zolari kasalliklari diagnostikasi va davosi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Shoshilinch davo talab qilinadigan ko'krak qafasi a'zolari kasalliklari diagnostikasi va davosi - rasmi

Material tavsifi

Shoshilnch davo talab kilinadigan ko'krak qafasi a'zolari kasalliklari diagnostikasi va davosi Reja: Kirish. ko'krak qafasi a'zolarining o'tkir kasalliklari tasnifi. ko'krak qafasi a'zolari o'tkir kasalliklarining kechuvi. ko'krak qafasi a'zolari o'tkir kasalliklarining tashxisi. Davolash, reabilitatsiya va dispanserizatsiyaning asosiy printsplari. Kirish Bolalarda tez tibbiy yordam talab qiluvchi ko'krak qafasi kasalliklari turli tumandir. Ularga o'pkaning turli nuqsonlari o'pka va plevraning turli shamollashi, turli shikastlanishlar va uning natijasida kelib chikadigan ko'krak qafasi skletining o'zgarishlari kiradi. Xaar bir kasallik klinik jihatdan o'ziga xos bo'lgan ko'rinishlarga ega bo'ladi. Chunonchi o'pkaning tugma nuqsonlariga nafas yetishmovchiligi belgilari, shamollash, zotiljam kabilarda nafas yetishmovchiligi bilan bir katorda intoksikatsiya belgilari xosdir. ko'krak qafasidagi patologik jarayonning to'g'ri aniklanishi uning xarakteri, tarqalishini o'z vaqtida bila olish terapevtik va jarrohlik yordamining samaradorligini belgilaydi. ko'krak qafasidagi bolalarda uchrovchi o'tkir kasalliklarga kuyidagilar kiradi. Tugma lobar emfizema. o'pkaning asoratli tugma kistalari. o'pka abstsessi. o'tkir destruktiv zotiljam. Plevra empiemasi. Mediastenit. Perikardit. Tugma diafragmal churralar. ko'krak qafasi jarohatlari. Tugma lobar emfizema Mazkur kasallik kamdan kam uchraydi. Avtorlarning fikricha uning kelib chiqishi bronxlarning stenozi oqibatida alveolyar tusiklarning yorilishi yoki o'pka to'qimasinig rivojlanishi jarayornidagi nuqsonlar oqibatida yuzaga keladi. Bu kasallikda o'pkaning nuqsonli bo'lagi havo va bosim tufayli juda shishib, kattalashib ketadi, o'pkaning boshqa bo'laklari esa ezilib, nafas olishda ishtirok etmaydi. Kupincha chap o'pkaning yuqori bo'lagi zararlanadi. Klinik belgilari: nafasning qiyinlashuvi kukarish, xansirash. Lobar emfizemaning o'tkir kechishi kupincha bola hayotining birichi oylarida, bazan tug'ilgan zaxoti kuzatiladi. ko'krak qafasi bochkasimon, nafas olishda yordamchi mushaklar ishtirok etadi. Perkussiyada zararlangan bo'lak ustida yuqori tovushli timpanit eshitiladi. Auskultatsiyada nafas o'tkazilmayotgani aniklanadi. Kuks oraligi a'zolar sog tamonga siljiydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 655.61 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 655.61 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga