Sil kasalligi va uni oldini olish Reja: Sil kasalligi haqida umumiy tushuncha. Sil kasalligini yuqish yo'llari. Sil profilaktikasi va alomatlari. Sil kasalligini davolash yo'llari. Sil- bu nima? Sil - bu sil bakteriyalarini organizmga kirib borishi bilan rivojlanuvchi yuqumli kasallik. Bunda, kasallik bilan shikastlanuvchi asosiy organ- o'pka. Kamdan-kam hollarda miya va uning qobig'i sili, suyaklar, buyraklar, jinsiy a'zolar, ko'z, ichak va boshqa organlarning sili bo'lishi mumkin. Sil bilan og'rigan 75% bemorlarning eng ko'pi mehnatga qobiliyatli va reproduktiv 20-40 yoshdagi insonlarni tashkil etadi. Sil qo'zg'atuvchisi Kasallik qo'zg'atuvchisi Kox tayoqchasi bo'lib, u o'z nomini 1882-yili kashf qilgan nemis olimi Robert Kox sharafiga olgan. Tayoqchaning xossasi shundaki, u juda ham sekin bo'linadi - agar oddiy bakteriyaga ko'payish uchun kamida 30 daqiqa zarur bo'lsa, Kox tayoqchasi esa 15 soatdan 18 soatgacha ko'payadi, bu uni tekshirilish vaqtini sezilarli darajada uzaytiradi. Silning mikrobakteriyasi eng ekstremal sharoitlarda -sovuqda, issiqda, qorda omon qolish qobiliyatiga ega, shuning uchun sil har xil iqlim sharoitlarida rivojlanishi mumkin. Tayoqcha yorug'lik va namlikka, hamda ko'pgina kimyoviy moddalarning ta'siriga bardoshli. Bu SB (sil bakteriyasi) qo'zg'atuvchisining tashqi muhitda uzoq vaqt yashab qolishini ta'minlaydi. Bemorning balg'amida, hattoki qurib qolganida ham, tayoqcha o'zining yashash qobiliyatini saqlab qoladi. Uning ko'payishi uchun eng qulay sharoitlar- namlik, qorong'ulik va 30 dan 40 darajagacha harorat. Ko'cha changida mikrobakteriya o'zining yashab qolish qobiliyatini taxminan 10 kun saqlab qoladi. Ammo tayoqcha ultrafiolet nurlarga sezgir- ularning ta'siri ostida sil qo'zg'atuvchisi bir necha daqiqalardan so'ng nobud bo'ladi. To'g'ri quyosh nurlari ta'siri ostida mikrobakteriya yarim soat davomida nobud bo'ladi. Sil qanday yo'l bilan yuqadi? Sil bakteriyalari havo-tomchi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
741.91 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
741.91 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:00 ]
Arxiv ichida: pptx