Sitologiya - rasmi

Material tavsifi

Sitologiya Reja: Hujayra struktur komponentlari Hujayra membranasi. Plazmatik membrana (plazmolemma) Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari. Qo'shni hujayralar yon yuzasidagi maxsus tuzilmalar Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari Mitoxondriya Agranulyar yoki silliq endoplazmatik to'r Sitologiya - hujayralarning tuzilishi, funksiyasi va takomillashishi haqidagi fan. 1839 yilda hujayra tuzilishi to'g'risidagi hamma to'plangan ilmiy ma'lumotlar umumlashtirilib, tahlil qilinib hujayra nazariyasi yaratildi (Shvann va Shleyden). XIXasr oxirlarida ko'pgina hujayra organoidlari aniqlandi. Hujayra sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema bo'lib, o'simlik va hayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jarayonlarining asosi hisoblanadi. Butun hayot davomida modda almashinishida ishtirok etishi, yangi hujayra hosil qilishi va doimo yangilanib turishi hujayralarning o'ziga xos xususiyatidir. Hayvon va odam organizmida hujayralardan tashqari, simplast, sinsitial tuzilmalar va hujayralararo modda bor. Simplast - hujayralarning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'lib, sitoplazmada bir necha yadrosi bo'lgan strukturadir. Bunga ko'ndalang-targ'il mushak tolasi, yo'ldosh epiteliysining trofoblast qavati va boshqalar misol bo'la oladi. Sinsitiy - bir-biriga chalkashib ketgan va to'la bo'linmagan hujayralar to'plami, o'siqlari bir-biriga qo'shilib, to'r hosil qiladigan hujayralardan tashkil topgan to'qima tuzilishining bir shakli. Hujayralararo modda - hujayralar orasida joylashgan bo'lib, suyuqlik holida (qon, plazma) yoki dirildoq yoki zich konsistensiyaga ega bo'lgan asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan (siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to'qima, tog'ay va suyak to'qimasi hujayralararo moddasi). Odam va hayvon organizmida hujayralar kattaligi, shakli va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bajaradigan funksiyasiga ko'ra hujayralar har xil shaklga ega emas. Suyuq muhitda hujayralar ko'pincha o'zgaruvchan bo'lib, psevdopodiyalar hosil qiladi. Bularga qon (neytrofillar) va biriktiruvchi to'qimalarning (makrofaglar) hujayralari kiradi. Bir-biriga yaqin yotgan hujayralar esa ma'lum formagan ega, masalan, plast ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.35 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.35 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga