Siydik ajratish tizimi Reja: Buyrakda qon aylanishi. Nefronning gistofiziologiyasi. Siydik ajratish sistemasiga buyraklar, siydik naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv nayi kiradi. Funksiyasi: ayiruv (modda almashinuvi jarayonining oxirgi moddalarini organizmdan chiqarish; ichki muhit doimiyligini saqlash ; suv-tuz almashinuvini boshqarish; arteriyadagi bosimni bir me'yorda ushlab turish; ichki muhitning kislota-ishqoriy muvozanatini boshqari; endokrin funksiyasi eritropoetin, prostoglandin va renin ishlab chiqarish bilan ifodalanadi; Buyraklar organizmda yog', oqsil, uglerod va vita'minlar almashinuvida ham ishtirok etadi: yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ichak o'z faoliyatini ro'y-rost boshlab olguniga qadar buyrakda oqsilning parchalanishi kuzatiladi. Bu holat yosh organizmda buyrakning ovqatni hazm qilish protsessida muhim o'rni borligini ko'rsatadi. Buyraklarning bu xilda ko'p qirrali faoliyat ko'rsatishi ular strukturasining murakkab tuzilganligidan dalolat beradi. Taraqqiyoti. Buyrak taraqqiy etish jarayonida ketma-ket uch davrni: old buyrak, birlamchi buyrak va ikkilamchi-oxirgi buyrak hosil bo'lish davrlarini boshdan kechiradi. Old buyrak va birlamchi buyrak, aslida mustaqil ajratuv organ bo'lsa ham, buyrak taraqqiyoti uchun mansub bo'lmaydi va asta-sekin yo'qolib ketadi. Buyrakning har bir yangi bosqichi kranial-kaudal tomonga yo'nalishda kaudal tomonga yaqinroq joylasha boradi va natijada oxirgi - ikkilamchi buyrak kra-nial qismdan eng uzoqda, bel sohasida bo'ladi. Old buyrak. Pusht o'rta varag'ining oldingi 8-10-segment oyoqchalaridan hosil bo'ladi. Segment oyoqchalari somitlardan ajralib egri-bugri naychalar - protonefridiylarga aydanadi. Bularning uchi tananing ikkilamchi bo'shlig'iga- selomga ochiladi. Ikkilamchi- somitlarga qaragan uchi esa kaudal yo'nalishda o'suvchi mezonefral nayga ochiladi. Odam embrio-nida bu buyrak siydik ajratish organi sifatida xizmat qilmaydi va tezda qayta aks taraqqiyotga uchraydi. Birlamchi buyrak- embrional hayotda ancha uzoq vaqt ishlaydi. U ko'p sonli (25 taga yaqin) segment oyoqchalaridan hosil bo'ladi. Segment oyoqchalari somitlardan ajralib ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.67 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.67 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:02 ]
Arxiv ichida: doc