Siydik chiqarish tizimi kasalliklari

Siydik chiqarish tizimi kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Siydik chiqarish tizimi kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Siydik chiqarish tizimi kasalliklari Reja: Nefrit Birlamchi glomerulonefrit Tsistit NYeFRIT Nefrit - immunologik jarayon asosida rivojlanadigan, buyrakning mustaqil birlamchi kasalligi bo'lib, unda glomerula va tubulointerstitsial komponentlar teng jihatda namoen bo'ladi. Glomerulonefrit - buyrakning orttirilgan polietiologik kasalligi bo'lib, unga ko'proq koptokcha interstitsiyasining immunologik yallig'lanishi xos va buyrak to'qimasining istalgan komponentida bu patologik jarayon kuzatilishi mumkin. hozirgi vaqtda birlamchi (yoki idiopatik) va tizimli (yoki ikkilamchi) glomerulonefritlar ajratiladi. Birlamchi glomerulonefrit buyrak to'qimasiga turli xil infeksion, allergik va boshqa omillar ta'sirida rivojlanadi. Ikkilamchi glomerulonefrit birikturuvchi to'qimaning zararlanishi bilan kechadigan diffuz kasalliklarda (sistemali kizil yuguruk, Sheleyn-Genox purpurasi, tugunchali periarteriit, vaskulitlar, Berje kasaligida, revmatizm va b.) da kuzatiladi. BIRLAMChI GLOMYeRULONYeFRIT tashxisOT MYeZONLARI I. Anamnezi: Allergik reaksiyalarga moiyllik, organizm immunologik reaktivligining susayishi, qarindoshlarda buyrak va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari qayd etilishi, boshdan kechirilgan streptokokkli kasalliklar (tonzillit, streptodermiya, skarlatina, saramasli yallig'lanish va b.) va undan keyin ( 3-4 hafta o'tgach streptokokkli antigen stimulyatsiyasi) yuzaga kelgan renal va ekstrarenal klinik-laborator belgilari bo'lgan kasalliklar katta ahamiyat kasb etadi. BOLALARDA BIRLAMChI GLOMYeRULONYeFRITNING TASNIFI (Vinnitsada Umumittifoq simpoziumda qabul qilingan, 1976) II. Klinik mezonlar: 1. Ekstrarenal simptomlar kasallikning o'tkir va surunkali kechishining turli xil ko'rinishlarni belgilab beradi. Bunda bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qayt qilish, qorin va bel og'rig'i simptomlari, oliguriya keyinchalik poliuriya bilan, allergik reaksiyalar va b. kuzatiladi. Shishlar glomerulonefritning variantiga ko'ra turli darajada bo'ladi: gematurik variantda - shishlar ko'p emas, asosan, yuzda; oligurik fazada, bel sohasida, oyoqlarda, qorinning old qismlarida yaqqol namoyon bo'lishi mumkin; tezda o'tib ketadi va ular koptokcha filtratsiyasining susayishi hisobiga ro'y beradi. nefrotikda esa - shishlar ko'p, tarkalgan, faqat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga