Siydik haydovchi vositalarining klinik farmakologiyasi

Siydik haydovchi vositalarining klinik farmakologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Siydik haydovchi vositalarining klinik farmakologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Siydik haydovchi vositalarining klinik farmakologiyasi Reja: 1. Siydik haydovchi vositalarining qanaqa klassifikasiyalarini bilasiz? 2. Qaysi siydik haydovchi vositalar kuchli va tez ta'sir etadi? 3. Z.Osmotik diuretiklarning ta'sir mexanizmi qanday? 4. Qaysi siydik haydovchi vositalar buyraklarda qon aylanishini kuchaytiradi va qay tarzda kuchaytiradi, shuningdek, buyraklarda qon aylanishining kuchayishi diuretik ta'sir rivojlanishida qanday ahamiyatga ega? 5. Furosemid va etakrin kislotasi nefronning qaysi qismiga va qanday ta'sir etadi? Talabalarning boshlang'ich bilim darajasini sinab ko'rilgach, siydik haydovchi vositalarning amaliyotda qo'llash uchun eng qulay tasnifi, osmotik va buyrak kanalchalariga ta'sir etuvchi, tiadiazin unumlari va kaliy saqlovchi diuretiklar guruhiga kiruvchi asosiy dori vositalari muhokama qilinadi. Sorbit va glyukozaning qonSentrasiyalangan eritmalarining organizmni energetik ta'minotidagi ijobiy o'rni ko'rsatib o'tiladi. Mannitol, sorbitol, mochevina va glyukozalarning farmakodinamik, biotransformasiya va turli xarakterli farmakokinetik xususiyatlarini, ularni erta yoshdagi bolalarda uchraydigan turli xil patologiyalarda samarasi va xavfsizligi (yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib) muhokama etiladi. Furosemidni ta'sir mexanizmi, samaralari va farmakokinetikasi batafsil ta'riflab beriladi, ayniqsa erta yoshdagi bolalarda (3-4 oylikgacha bo'lgan bolalarda). Shunigdek furosemidni aminoglikozid antibiotiklar va boshqa preparatlar bilan birga qo'llanilganda nojo'ya ta'sirlari rivojlanishining xavfi oshishi to'g'risida batafsil tushuntirib beriladi. Etakrin kislotasi klinik farmakologiyasi furosemidga nisbatan qiyoslab o'rgatiladi. Tiazid diuretiklarni muhokama qilishda, o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligida, gipertoniya kasalligida, chala tug'ulgan chaqaloqlar shish sindromida har xil samaradorligiga, boshqa diuretiklar bilan birga qo'llaganda mutanosibligiga (mos kelishiga) asosiy e'tibor qaratiladi. Diakarb farmakodinamikasini muhokama etishda, uni orqa miya suyuqligi sekresiyasiga, ko'z ichi suyuqligiga, siydikning kislota-ishqor holatiga va rN iga ta'sirining o'ziga xos tomonlariga e'tibor qaratiladi. Kaliy saqlovchi diuretiklarni muhokama etishda qo'llashga ko'rsatmalari, ta'sir kuchi va davomiyligi bo'yicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.04 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.04 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga