Siydik tanosil tizimi, buyraklarning o'tkir kasalliklari. Buyrak toshi kasalligi, buyrak sanchig'i, uremik koma

Siydik tanosil tizimi, buyraklarning o'tkir kasalliklari. Buyrak toshi kasalligi, buyrak sanchig'i, uremik koma

O'quvchilarga / Tibbiyot
Siydik tanosil tizimi, buyraklarning o'tkir kasalliklari. Buyrak toshi kasalligi, buyrak sanchig'i, uremik koma - rasmi

Material tavsifi

Siydik tanosil tizimi, buyraklarning o'tkir kasalliklari. Buyrak toshi kasalligi, buyrak sanchig'i, uremik koma. Buyrak va siydik chiqarish yo'llarining kasalliklari Reja: Siydik tanosil tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot. Glomerulonefrit kasalligining kelib chiqiah sabablari, klinik belgilari, davosi, oldini olish chora-tadbirlari. Buyrak tosh kasalligi haqida ma'lumot, uning sabablari, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari. Buyrak sanchog'i, uremik koma, haqida ma'lumot va ularda birinchi yordam. Siydik chiqarish kasalliklari haqida umumiy ma'lumot. Buyrak juft organ bo'lib, shakli loviyasimondir. U umurtqa pog'onasining har ikki tomonida XI ko'krak va II bel umurtqalari ro'parasida qorin pardasi orqali joylashgan. Buyrak organizmining hayot faoliyatida juda muhim vazifani bajaradi. U organizmni oqsil almashinuvi mahsulotlaridan, azotli shlaklardan va yot moddalardan tozalaydi. Belgilari. Tanada shish paydo bo'ladi, gipertoniya kuzatiladi, siydik o'zgaradi, buyrak yallig'lanishi oqibatida og'riq paydo bo'ladi. Buyrak kasalligiga diagnoz qo'yishda oddiy klinik tekshirish (bemorni ko'zdan kechirish, savol-javob qilish, paypaslash va hoka'zolar) dan tashqari maxsus laboratoriyada asboblar yordamida tekshirish usullari katta ahamiyatga ega. Buyrak kasalliklari ba'zan bemorlarda tamomila sezilarsiz darajada kechishi mumkin. Biroq siydikka tegishli o'zgarishlar paydo bo'lishi, buyrak va siydik yo'llarida biror kasallik paydo bo'lganligidan dalolat beradi. Siydik tarkibiga qarab, kasallikning xarakteri, og'ir-yengilligi haqida fikr yuritish mumkin. Shu boisdan siydikni tekshirish kasallikka diagnoz qo'yishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, bemorga tegishli davo choralarini ko'rish imkonini beradi. Siydik miqdori normada bir sutkada taxminan 100-1600ml bo'lib, rangi somon rangiga o'xshash. Solishtirma og'irligi 1015-1020 ga teng. Solishtirma og'irligining oshishi, siydik miqdorining ko'payishi, tarkibida yiring, qon bo'lishi buyrak va siydik yo'llari kasallanganligini ifodalaydi. Nefrit Buyrak yallig'lanishi nefrit deyiladi. U diffuzli bo'lib, bunda har ikki buyrak parenximasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.26 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.26 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga