Sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar

Sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar - rasmi

Material tavsifi

Sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar va amaliy natijalar ORGANIZATION, POWERS AND THEIR DISTRIBUTION Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab Respublikamiz halq xo'jaligining barcha sohalarida chuqur islohotlar boshlandi. Aholi salomatligini muhofaza qilish Prezidentimiz va hukumatimizning doimiy diqqat markazida bo'lib, davlatimizning eng ustivor ijtimoiy masalalaridan biriga aylandi. Sobiq sho'rolar mamlakatida boshqa Respublikalar kabi O'zbekistonda ham aholi salomatligini saqlashga va yaxshilashga malum darajada etibor berilishiga qaramasdan, aholining salomatlik darajasi, ularga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati qoniqarli ahvolda deb baholab bo'lmas edi. Jumladan, aholining o'ratcha umr ko'rish darajasi 1991 yilda bor yo'g'i 67ni tashkil etgan holda, onalar o'limi 65,3ni (100 00 tirik tug'ilgan bolaga), go'daklar o'limi 34,5ni (100 tirik tug'ilgan bolaga) tashkil etgan edi. 1991 yilda O'zbekistonda aholi soni 20,8 mln. kishini tashkil etgani holda, jami vrachlar soni 71131 ni, har 10 00 aholiga vrachlar bilan ta'minlanganlik 34,1ni tashkil etganligiga qaramasdan, shahar va qishloq aholisiga ambulatoriya poliklinika xizmatini ko'rsatishda katta tafovutlar mavjud edi. Qishloq aholisi tibbiy yordamga muhtoj bo'lganda birinchi bor feldsherlik akusherlik punktlarida feldsherga murojaat etar, shaharlarda esa bitta oilada yashab turib, oila a'zolari tibbiy yordam olish maqsadida kamida 3 ta poliklinika tipidagi tibbiyot muassasalariga murojaat qilishga majbur bo'lar edi: oiladagi bolalar-bolalar poliklinikasiga (pediatrlarga), kattalar-shahar poliklinikasiga (hududiy terapevtlarga), homilador ayollar, ayollar konsultatsiyasiga (akusher ginekolokga). Ushbu muassasalar faoliyatida o'zaro uzviylik, bog'liqlik bo'lmaganligi sababli kattalar poliklinikasida bolalar salomatligi haqida ayollar konsultatsiyasida qizlar, o'smir-qizlar, ayollar to'g'risida tegishli ma'lumotlar bo'lmas, ularga tibbiy yordam faqat ular murojaat qilgan davrdagi ma'lumotlarga asoslangan holda ko'rsatilar profilaktik ishlarga ayniqsa, birlamchi profilaktikaga umuman etibor berilmas edi. Aholiga statsionar yordami 1370 ta kasalxona muassasalarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga