Spermani suyultirish va muzlatish. Hayvonlarni sun'iy urug'lantirish usullari

Spermani suyultirish va muzlatish. Hayvonlarni sun'iy urug'lantirish usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Spermani suyultirish va muzlatish. Hayvonlarni sun'iy urug'lantirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Spermani suyultirish va muzlatish. Hayvonlarni sun'iy urug'lantirish usullari Reja: Spermani suyultirish, suyultirgichlarning tarkibi, suyultirish darajasi. Spermani chuqur muzlatishning nazariy asoslari, muzlatish texnologiyasi. Hayvonlarni sun'iy urug'lantirish usullari, ularning nazariy va amaliy asoslari. Hayvonlarni sun'iy urug'lantirish texnikasi. Spermani suyultirishning ahamiyati shundan iboratki, qimmatbaho zotli nasldor hayvonlardan uzoq muddatlarda foydalanish imkoniyati tug'iladi, spermaning hajmi ko'paytirilib, bitta nasldor hayvondan olingan sperma yordamida bir qancha urg'ochi hayvonlar urug'lantiriladi. Masalan, 1 yilda 1 ta buqadan olingan sperma yordamida 1,5-2,5 ming sigirni, 1 ta qo'chqordan olingan sperma bilan 3-5 ming qo'yni, 1 ta erkak cho'chqadan olingan sperma bilan - 300-400 ona cho'chqani urug'lantirish mumkin. Spermani suyultirish bilan spermatozoidlar faol holatdan anabioz holatiga o'tkaziladi va shu orqali ularning yashovchanligi uzaytiriladi. Spermatozoidlarni organizmdan tashqi muhit sharoitida hayotchanligi uzaytiriladi, chunki qo'shimcha jinsiy bezlar suyuqligi qisman sintetik birikmalar bilan almashtiriladi, buning natijasida spermatozoidlardagi zaharli moddalar miqdori kamayadi. I.I.Ivanov birinchi marotaba spermani suyultirish uchun suyultirgich sifatida fiziologik eritmadan foydalangan, lekin 0,9%-li natriy xlorid eritmasi spermani suyultirish uchun yaroqsiz bo'lib chiqqan, chunki eritmaning solishtirma og'irligi urug'ning solishtirma og'irligidan past, shuning uchun ham spermatozoidlar tez koagulyatsiyaga uchraydi. Fiziologik eritmada rN 5,6-6,2 va undan kam bo'ladi va shuning uchun distillagan suv va havodagi karbonat angidrid gazini o'ziga yutib, spermatozoidlarning qobig'i buziladi. Keyinchalik, qo'chqor spermasini suyultirish uchun glyukoza-fosfat (GFO), ayg'irlar spermasi uchun glyukoza sulfatli (GSL), erkak cho'chqalar uchun glyukoza-tartat (GTS), quyonlar uchun glyukoza-tartat (GTKR), itlar uchun glyukoza-tartat (GTSO) kabi suyultirgichlar yaratilgan. 1927 yilda K.N.Krijinkovskiy va G.N.Pavlovlar spermatozoidlar yashovchanligini oshirish maqsadida suyultirgichlar tarkibiga tuxum sarig'i va letsitin aralashtirishni tavsiya etgan. XX asrning birinchi yarmidan boshlab glyukoza-tsitrat tuxum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.01 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.01 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga