Spirtli ichimlikning zarari

Spirtli ichimlikning zarari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Spirtli ichimlikning zarari - rasmi

Material tavsifi

Spirtli ichimlikning zarari Ichkilikbozlik insonni halok qiluvchi zahardir. Ichkilikbozlik jamiyatga va oilaga juda katta ziyon yetkazib, uni inqirozga olib keladi. Etil spirti hujayrani suvsizlantiradi, yog'larni eritadi, to'qimalarning emirilishiga sabab bo'ladi. Ichilgan ichkilik tezda qonga o'tib, badanning barcha a'zolariga kirib boradi. Biroq u asab tizimiga alohida ta'sir ko'rsatadi. Asab to'qimalarining me'yoriy ishlashiga halaqit beradi. Alkogol Alkogol me'daga tushgach, me'da shirasining ko'proq ajralishiga sabab bo'ladi. Agar odam och qoringa ichgan bo'lsa, alkogol bir necha soniyada ichakka etib boradi. Alkogol hujayra strukturasiga, shuningdek markaziy nerv sistemasi orqali a'zolarga ta'sir qilib, to'qimalarni halok etadi. Shu ta'sir tufayli ruhiy salomatlikka putur etkazadi. Alkogol oziq-ovqat o'rnini bosa olmaydi, chunki uning tarkibida oqsillar, vita'minlar, mineral moddalar yo'q. Alkogol miyadagi ochlik markaziga ta'sir qilib, malum bir vaqt mobaynida ochlik hissini yo'qotadi. Shu sababli ichuvchi odam ochlikni his etmaydi, lekin ayni vaqtda foydali ozuqa yetishmasligidan madori qurib, holdan toyadi. Alkogolni muntazam istemol qilish natijasida ruhiy qaramlik yuzaga keladi. Natijada kishi ichkilikni nahorgi Bosh og'rig'iga ichadigan bo'lib qoladi Spirtli ichimliklarni suistemol qiluvchi yoshlar o'qishni, ishni tashlab, yengil - elpi ulfatlar to'dasiga tezda qo'shilib ketadilar. Kasallik bosqichlari Muntazam ichkilik ichilganda reproduktiv tizimga zarar etkazilishi tufayli nogiron farzandlar dunyoga keladi. Alkogol yosh avlodni haloqatga uchratadigan dushmandir. Ichkilik oxir- oqibatda axloqsizlik, jamiyatga qarshi xatti-harakat, bezorilik, oilasizlik va kasallikka olib keladi. Ichkilikbozlik mehnat intizomining pasayishiga, baxtsiz hodisalar va haloqatlarga, jamoat tartibini buzishga ko'maklashib jamiyatga juda katta ziyon keltiradi. Bu zararli odat salomatlikka putur yetkazib eng og'ir tuzalmas kasalliklarga duchor qilishi mumkin. Sog'lom hayot tarzini tanlang. Vaqtingizni sevimli mashg'ulotlarga sarflang Sport bilan muntazam shug'ullaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.41 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.41 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga