Spontan nevmotoraks Spontan pnevmotoraks-tashqi ta'sirotlarsiz o'pka to'qimasining butunligi buzulishi sababli o'pkadagi havoning plevra bo'shlig'iga kirishidir. «Spontan pnevmotoraks» terminini alternativ travmadek birinchi marta 1803 yili A.Hard taklif qilgan, xarakterli simptomlarini 1819 yili R.T.H. Laennec to'g'ri izohlagan. O'pka-plevral o'zgarishlarning xarakteriga qarab SP birlamchi va ikkilamchi turlarga ajratish qabul qlingan. Ikkilamchi (simptomatik) SP o'pka kistasi, bakterial destruktiv pulmonit, o'pkaning kavernoz tuberkulyozi, kazeoz pnevmoniya, mukovistsidoz, OITS bilan kasallanganlarda pnevmotsistli pnevmoniya, o'pka raki, exinokokkoz, qizilo'ngachning spontan yorilish asorati hisoblanadi. Birlamchi (idiopatik) SP anamnezida hech qanday klinikali o'pka-plevral patologiyasi bo'lmagan bemorlarda kuzatiladi. «idiopatik SP» termini obyektiv qiyinchiliklar bilan rivojlanish sababi aniqlanishi bilan bog'liq, asosiy kasallikni aniqlashda odatiy diagnostik usullardan foydalaniladi. Tan olish kerakki, SPni bunday farqlash shartlidir. SP albatta doim ikkilamchi, chunki o'pka yoki plevradagi patologik jarayon asorati hisoblanadi. Xavfli omil bo'lib chekish, havoning zararlanishi, o'pka infeksiyasi, erkak jins, balandga chiqish, suvga sho'ng'ish, genetik omillar hisoblanadi. SP da kuzatiladigan patologik o'zgarishlar klinik manzarasi quyidagilarga asoslangan: a) plevra bo'shlig'idagi havo miqdori va intraplevral kompressiya darajasiga; b) bronxo-plevral aloqaning xarakteriga; v) o'pka kollapsi darajasiga. SP ni tashxislashda oldingi o'rinni eng yaxshi usullar (rentgenografiya, rentgenoskopiya, chiziqli tomografiya, kompyuter tomografiya) egallaydiki, ular yordamida quyidagilarni aniqlash mumkin: 1) pnevmotoraks mavjudligini aniqlash, 2) rivojlanishining patofiziologik mexanizmini aniqlash, 3) kelib chiqish sababini aniqlash. Rutinli rentgenografiya va ko'p holatli rentgenoskopiya quyidagi ikki masalani yechishga yordam beradi: kollaps darajasini va mavjud bo'lgan plevral kengayish, ko'ks oralig'i a'zolarining siljishi, plevral bo'shliqda suyuqlikning mavjudligini aniqlash. Hozirgi vaqtda uchinchi masalani yechishda ko'p ma'lumot olish mumkin bo'lgan, 95% hollarda O'BE ni aniqlashda spetsifikligi to'g'ri bo'lgan noinvaziv usul - kompyuter ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
734.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
734.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:05 ]
Arxiv ichida: pptx