Sport antropologiyasi salomatlik va me'yor muammolarini hal etish yo'llari. Konstitutsiya haqida ma'lumot Reja: Me'yor va salomatlik muammolari doirasida sport va tibbiyot antropologiyasi. Salomatlik darajalari: me'yor, chegaraviy yoki II holat kasalligi. Salomatlik darajasini baholash uslublari. Konstitutsiya va salomatlik. Me'yor va salomatlik muammolari doirasida sport va tibbiyot antropologiya. Antrapologiyaning sport, pedagogik, ergonomik va boshqa sohalari bizning tasniflashimizga muvofiq chegaraviy antrapologiya fanlari holatini egallaydi. Anropologik fanlar doirasidan tashqarida joylashgan va ma'lum darajada bilimning mustaqil sohasi bo'lgan bu fanlar tibbiyot (sport antropologiyasi), pedagogika, ergonomika va sport muammolarini hal etish uchun antropologiyaning metodologiyasi va xususiy uslublaridan (boshqa fanlarning uslubiyoti bilan birgalikda) foydalaniladi. Pedagogik antropologiyaning g'oyaviy va tashkiliy shakllanishi deyarli yuz yil oldin boshlangan. Ushbu atamani bolalar va pedagogik psixologiyaning taniqli vakili K.D. Ushinskiy o'zining Inson tarbiya predmeti sifatida (2 jildlik, 1868-1869 y) nomli asosiy ilmiy ishiga kichik sarlavha sifatida kiritgan. Olim va uning izdoshlarining pedagogik va tarbiyaviy ta'sir yetkazish predmeti-insonni biologik va psixologik tadqiqotlar usullari orqali anglab yetishga bo'lgan intilishi nafaqat pedagogika, balki pedagigik antropologiyani rivojlanishiga, bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantiruvchi ta'limning asosiy yo'llari va usullarini aniqlashga yordam berdi. Biroq vaqt o'tishi bilan ilmiy pedagogikada pedagogik antropologiya g'oyalari singib ketdiva keyinroq qator g'arb faylasuflari, falsafiy antropologiya asoschilari unga bo'lgan qiziqishni tikladilar, bu fan uchun insonga metafizik yondashuv xarakterlidir. Tibbiy antropologiyaning maqsadi sog'lom inson modelini ishlab chiqish uchun uning yoshi, jinsi, etno-hududiy mansubligi, kasbi va boshqa omillarga muvofiq tarzda insonning organizmi va shaxsiy xususiyatlari o'zgaruvchanligi chegaralari haqida tasavvurlar kompleksini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu fan shu masalalar bo'yicha amaliy tibbiyot bilan aloqadordir. Normani ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.17 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.17 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:05 ]
Arxiv ichida: doc