Stabil zo'riqish stenokardiyasi bilan og'rigan bemorlarda kardiorenal bog'liqlikni baholash, erta profilaktikasi va davolashni muvofiqlashtirish

Stabil zo'riqish stenokardiyasi bilan og'rigan bemorlarda kardiorenal bog'liqlikni baholash, erta profilaktikasi va davolashni muvofiqlashtirish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Stabil zo'riqish stenokardiyasi bilan og'rigan bemorlarda kardiorenal bog'liqlikni baholash, erta profilaktikasi va davolashni muvofiqlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Toshkent TIBBIYoT AKADYeMIYaSI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BYeRUVChI DSc.0430.12. 2019.Tib.30.02. RAQAMLI ILMIY KYeNGASh Toshkent TIBBIYoT AKADYeMIYaSI RAXIMOVA MATLUBA EShBAYeVNA Stabil zo'riqish stenokardiyasi bilan og'rigan bemorlarda kardiorenal bog'liqlikni baholash, erta profilaktikasi va davolashni muvofiqlashtirish 14.00.05 - Ichki kasalliklar TIBBIYoT FANLARI DOKTORI (DSc) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI TOShKENT -2023 UDK: UDK 616-616.16-616.0306+615.03 KIRISh (doktorlik (DSc) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahon aholi orasida nogironlik va o'lim holatlarining asosiy sababchilaridan biri bo'lgan yurak qon-tomir tizimi kasalliklari (YuQTTK) hozirgi kunda nafaqat tibbiy balki ijtimoiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotiga ko'ra «2016 yilda 17,9 million kishi YuQTTKlaridan vafot etgan bo'lib, 2019 yilda bu ko'rsatgich yana 9 millioga oshgan va butun dunyoda kuzatilgan infeksiyaga bog'liq bo'lmagan o'limlarning 31% ni tashkil etgan». Yurak ishemik kasalligi (YuIK) bilan og'rigan bemorlarda kuzatiladigan komorbid holatlar orasida buyraklar disfunksiyasi (BD) alohida ahamiyatga ega bo'lib, YuQTTK olib keluvchi va ularni og'irlashtiruvchi yetakchi xavf omillar (XO) guruhiga kiradi. Bu esa o'z navbatida YuIKda BDni rivojlanishini erta tashxislash, samarali davolash va uning oldini olish zarurligini taqazo qiladi. Dunyoda o'tkazilgan epidemiologik va populyatsion tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, buyrak faoliyatining xatto eng erta subklinik buzilishi ham YuQTTKlari va ularning asoratlari rivojlanishiga hamda o'lim ko'rsatkichlariga mustaqil XO sifatida ta'sir ko'rsatadi. Qator tadqiqotlarda BD aniqlangan bemorlarda toj arteriyalarining aterosklerozi va miokard ishemiyasiga olib keluvchi mikrovaskulyar o'zgarishlar yaqqol rivojlanganligi qayd etilgan. BD kardiorenal asoratlar sonini ko'paytiradi, binobarin erta o'limga sabab bo'ladi. Ushbu ma'lumotlar YuIKni avjlanishiga va asoratlanishiga sababchi bo'lgan BDni erta tashxislash imkoni beradigan markerlarni aniqlash, asoratlarni oldini olish, muqobil davolash usullarini yaratish, bemorlarning hayot sifati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga