Steroid tuzilishiga ega bo'lgan gormonlar

Steroid tuzilishiga ega bo'lgan gormonlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Steroid tuzilishiga ega bo'lgan gormonlar - rasmi

Material tavsifi

Steroid tuzilishiga ega bo'lgan gormonlar Reja 1.Anaboliklar guruhiga kirgan dori moddalar tahlili. 2.Kortikosteroidlar guruhiga kirgan dori moddalar tahlili. 3.Estrogenlar guruhiga kirgan dori moddalar tahlili. Anaboliklar guruhiga kirgan dori moddalar tahlili. Androgenlar o'ziga xos androgen ta'siridan tashqari, anabolik, yani organizmda to'qimalarning o'sishi, oqsil sintezini kuchaytirib, uning parchalanishini kamaytirish xossasiga ham ega. Tibbiyotda ishlatiladigan anaboliklar kimyoviy tuzilishi jihatidan testosteron va 19- nortestosteron hosilalariga bo'linadi. Testosteron hosilalariga - metilandrostendiol, metandrostenolon, 19-nortestosteron hosilalariga esa fenobolin va retobolil kiradi. Olinishi: metiltestosteron degidmetiltestosteron metandrostenolon estron estradiol - nortestosteron retobolil fenobolin Tasvirlanishi. Oq rangli, kristall kukunlar bo'lib, suvda kam, spirtda esa oson eriydi yoki qiyin eriydi.Optik faol birikmalar. Chinligini aniqlash. Konts H2SO4 ishtirokida metilandrostendiol yashil bo'lib tovlanuvchi to'q sariq ranga bo'yaladi. Metandrostenolon esa sariq-qizil rangga bo'yaladi. Metilandrostendiolning chinligi uning monoatsetat efiri (S-17) bo'yicha olib, suyuqlanish haroratini aniqlash orqali, metandrostenolning chinligi esa 2,4-dinitrofenilgidrozon (qizil rang) hosil bo'lish orqali aniqlash mumkin. qizil rangli Fenobolinning va retobolilning chinligi IK-spektrometrik usul, YuQX usuli va oksim yoki fenilgidrozon olish orqali aniqlanadi. Miqdorini aniqlash. 1.SF-usul 241-245nm dagi yutilish maksimumi bo'yicha. 2.Metilandrostendiol tabletkasidagi miqdorini uni ekstraksiya yo'li bilan ajratib olib, tortma usul yordamida, metandrastenolon tabletkasidagi miqdorini H2SO4 bilan hosil qilgan rangli birikmasi bo'yicha FEK usul bilan aniqlanadi. Ishlatilishi. Anabolik ta'sir etib, oqsil sintezi va uning almashinuvi buzilganda, og'ir jarohatlanganda, koronar yetishmovchiligida, miokard infarqti va boshqa kasalliklardan so'ng, organizmda oqsil almashinuvini kuchaytirish maqsadida ishlatiladi. Anaboliklarni shuningdek kamquvvatlikda, ozg'inlikda, bo'y o'sishi sekinlashganda ham ishlatiladi. Dori shakli. Tabletkalar 0,005-0,025g gacha fenobolin 1%li 1,0 ml inyeksion moyli eritma holida chiqariladi. Saqlanishi. B-ro'yxati bo'yicha yorug'lik nuridan ehtiyotlangan holda saqlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 295.74 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 295.74 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga