Steroid va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari

Steroid va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Steroid va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari - rasmi

Material tavsifi

Steroid va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari ma'ruza vazifalari Steroid va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari ularning tasnifi, ta'sir mexanizmlari, farmakologik xususiyatlari, qo'llanilishi, nojo'ya ta'sirlarini o'rganish Yallig'lanish - organizmning turli xil ekzogen va endogen jarohatlovchi omillarga, jumladan bakterial va virusli, parazitar infeksiyalar hamda allergenlar, fizik va kimyoviy ta'sirotlarga bo'lgan universal reaksiyasidir. U ham mahalliy, ham umumiy o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Steroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari Nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari Yallig'lanish SYaKDV va NYaKDV Steroid va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalarining ta'sir mexanizmlari Steroid yallig'lanishga qarshi d.v. Fosfolipaza A2 ni tormozlaydi Hujayra membranasini mustahkamlaydi Tomir devori o'tkazuvchanligini kamaytiradi Lizosomal gidrolitik fermentlarning to'qimani shikastlanishini kamaytiradi Yallig'lanish tsitokinlari (interleykin 1,2,6,8) o'sma nekrozi omillari ishlab chikarilishini kamaytiradi Kollagen sintezi va proliferatsiyasini tormozlaydi Nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari TsOG ni tormozlaydi Og'riq sezgisini kamaytiradi PG lar sintezini tuxtatadi va gipotalamus termoregulyatsiya markaziga pirogen ta'sirini kamaytiradi Lizosomalarni mustahkamlaydi, lizosomal gidroliz fermentlarini chiqishini oldini oladi Steroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari - farmakologik ta'sirlari Aminokislotalarni sarflash orqali jigarda glyukoneogenezni faollashtiradi va periferik to'qimalarda glyukozani to'planishini kamaytiradi, glyukokortikoidlar jigarda glikogen va qonda glyukoza kontsentratsiyasini oshiradi. Oqsillarni biosintezini tormozlaydi va teri, biriktiruvchi to'qima, muskullarda katabolizmni kuchaytiradi, antianabolik ta'sir ko'rsatadi. Tananing yuqori qismida yog'larning taqsimlanishini oshiradi, yog' kislotalari va triglitseridlarning kontsentratsiyasini oshiradi - giperxolesterinemiya rivojlanadi. Mineralokortikoid faollikni oshiradi va natriy va suvni reabsorbtsiyasini kuchaytirib, kaliyni va kaltsiyni chiqarib yuboradi. Uzoq muddat qo'llanilganda mushaklarda xolsizlik, suyaklarda osteoporoz keltirib chiqaradi. Regeneratsiyani tormozlaydi, bolalar rivojlanishdan orqada qolishi kuzatiladi. Immunodepressiv samarasi - glyukokortikoidlar qonda limfotsitlar va makrofaglar miqdorini kamaytiradi, interleykin va boshqa tsitokinlarning ishlab chiqarilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.29 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.29 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga