Strukturaviy metabolitik gipoteza Reja: Strukturaviy metabolitik gipoteza. «Biokimyoviy shok» gipotezasi «sulfogidril» gipotezasi. Radiorezistentlikning endogen fon gipotezasi Birlamchi radiotoksinlar (LRT) va zanjirli reaksiyalar gipotezasi Utgan asr o'rtalarida B.N.Tarusov rahbarligidagi bir guruh tadqiqotchilar nurlantirilgan hayvonlar jigaridan olingan tuzli-suv ekstraktining eritrotsitlarni gemolizlash xossasiga ega ekanligi qayd etdilar. Gemolitik xossaga ega bo'lgan bu omil dastlab gemolitik omil deb atalib, uning lipid tabiatli ekanligi aniqlandi, keyin esa, u lipidli radiotoksini (LRT) deb ataldi. Malum bo'ldiki, LRT nurlantirishning dastlabki soatlaridayoq jigargina emas, ingichka ichakda, urug'don, buyrak, oshqozon, qon va boshqa a'zolarda ham paydo bo'ladi. U hatto o'simlik to'qimalari va mikroorganizmlarda ham paydo bo'ladi. LRT tabiatan to'yinmagan yog' kislotalarining oksidlanishi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlar kompleksidan iborat bo'lib, uning tarkibiga gidroperekislar, ipoksidlar, aldegid va ketonlar kiradi. Tekshirishlar natijasida LRT ta'siridan gemolizgina emas, nurdan zararlanishga xos bo'lgan boshqa hodisalar: hujayra bo'linishining kechiqishi, qon hosil bo'lish, xromosoma apparatining buzilishi va hoka'zolar qayd etiladi. Shu munosabat bilan LRT tabiiy radiomimitiklar deb ham ataldi. Tarusov va Emanuel tomonidan ilgari surilgan, birlamchi radiotoksinlar gipotezasiga, nurdan zararlanishning ilk bosqichla- rida, erkin radikal tipidagi zanjirli oksidlanish reaksiyalari- ning substrati-lipidlar hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb takidlov-chi konsepsiya asos bo'ldi. Lipidlar hujayra membranasining strukturaviy elementi bo'lib, uning zararlanishi hujayra ximizmi boshqarilishining buzilishi orqali, uning haloqatiga sabab bo'ladi. konsepsiyaga binoan, nurlanish tufayli sodir bo'ladigan tabiiy antioksidantlar sistemasining buzilishi yoki ingibirlanishi, tarmoqlangan zanjirli reaksiyalarning avj olishiga olib keladi. Antioksidantlar esa, nurlantirilmagan organizm hujayralari, lipidlarni o'zligidan oksidlanishdan saqlaydi. Mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, to'qimalarda har doim mavjud, to'yinmagan yog' kislotalarning oksidlanish mahsulotlari ham LRT jumlasiga kiradi. Nurlanish ta'siridan antioksidantlarning zararlanishi tufayli, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.52 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.52 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:08 ]
Arxiv ichida: docx