Sud-kimyosi ekspertizasi, byurosi. Sud kimyogarlari, ularning vazifalari. Sud kimyosi tekshiruv akti Reja Kimyo toksikologik tekshiruvda dastlabki tekshiruv olib borish Kimyo toksikologik tekshiruv rejasi Sud-kimyo ekspertizasi turlari va maqsadlari Kimyo toksikologik tekshiruvda dastlabki tekshiruv olib borish hozirgi vaqtda zaharlanishga sabab bo'ladigan moddalar soni nihoyatda ko'p bo'lganligi tufayli sud kimyosi laboratoriyasiga tushgan har bir obyektni har bir zaharli moddalarga tekshirish juda ko'p vaqt talab qilgan bo'lar edi. Shuning uchun yuborilgan obyektni iqtisod qilib ishlatish, hamda vaqtni tejash maqsadida sud kimyogari aniq reja tuzib olishi lozim. Shu maqsad uchun obyektni dastlabki tekshirish katta ahamiyatga molik bo'ladi. Dastlabki tekshiruv asosida ko'pincha kimyo toksikologik tekshiruv rejasidagi ko'p zaharli moddalarni inkor qilish yoki qanday zaharli modda bo'lishi mumkinligiga taxmin qilish mumkin. Masalan: dastlabki tekshiruv asosida biror xulosaga kelish mumkin emas, agarda taxminiy tekshiruv musbat natija bersa, shu taxmin qilingan zaharli moddalarga lozim bo'lgan asosiy tekshirish olib borish shart. Ilgari dastlabki tekshiruv faqat biologik obyekt, poroshok, nastoyka va boshqa zaharlanishga sabab bo'lgan obyektlarni tekshirib, tekshiriluvchi modda organik yoki noorganik moddaga taalluqliligini va metall zaharlarni va kislota ishqorlarni aniqlashga asoslangan edi. Yo'llanmalarda zaharli moddalarga taxminiy tekshirish olib borish usullari, masalan: oq margimush bilan zaharlanganni ko'rsatuvchi chinni kabi bo'lakchalarni tekshirish (Hg va As)ga Reynsh usulida, margimushga Guttseyt usulida va sinil kislotasi va nitritlarga tekshirish. Bazi taxminiy tekshiruv usullari yuqori sezgir bo'lsa ham xususiy emas. Dastlabki tekshiruv asosan qon, siydik, yuvindi mahsulotlarida yoki kam miqdordagi obyekt tarkibidagi sezgir reaksiyalar asosida zaharlanishni aniqlashda qo'llaniladi va bunday tekshiruvlar ko'pincha eksperess tekshiruv olib borishda ishlatiladi. Zaharli moddalarni oldindan taxminiy tekshirishda asosan mikrodiffuziya, mikrokristalloskopik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
116.26 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
116.26 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:08 ]
Arxiv ichida: doc