SULFANILAMID PRYePARATLARI Sulfanilamidlar tibbiyot amaliyotida qo'llanila boshlagan, ta'sir spektri keng bo'lgan birinchi antibakterial ximioterapevtik vositalar hisoblanadi. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha ular sulfanilamidlarning (sulfanil kislotasining amidi) hosilalari hisoblanadi. Eng samarador, davomli ta'sir etuvchi va kam zaharli sulfanilamidlarni yaratish, amid guruhidagi (N1) vodorod atomi o'rnini almashtirishga asoslangan. Antimikrob ta'sirning yuzaga chiqishi uchun para holatda joylashgan erkin amino guruh (-N4H2) bo'lishi shart. Sulfanilamidlarning tasnifi. I Rezorbtiv ta'sir uchun qo'llaniladigan preparatlar (me'da-ichak traktidan yaxshi so'riladiganlar A. ta'sir davomligi o'rtacha bo'lganlar (4-6 soat) Sulfadimizin, etazol, sulfazin, urosulfan B. ta'siri davomli bo'lganlari (12-24 soat) Sulfapiridazin, sulfadimetoksin V. ta'siri juda davomli bo'lganlari (2 kundan ko'proq) Sulfalen II ta'siri faqat ichak ichida namoyon bo'ladigan preparatlar (me'da-ichak traktidan yomon so'riladiganlar) Ftalazol II Mahalliy qo'llaniladigan preparatlar. Sulfatsil-natriy, sulfazinni kumushli tuzi Sulfanilmidlarni ta'sir spektri katta va quyidagi yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilariga ta'sir ko'rsatadi: Bakteriyalar - patogen kokklar (grammusbat va grammanfiy), ichak tayoqchasi, ichburug' qo'zg'atuvchisi (shigellalar), vabo vibrioni, gazli gangrena (klostridiylar), kuydirgi, bo'g'ma, kataral zotiljam, inflyuentslar qo'zg'atuvchisi xlamidiyalar - traxomalar, ornitoz, chov limfogranulomasining qo'zg'atuvchilari; aktinomitsetlar sodda jonivorlar - toksoplazmoz, bezgak qo'zg'atuvchilari Sulfanilamidlarni antimikrob ta'sir mexanizmi: paraaminobenzoy kislotasi bilan raqabotdosh. Ko'pgina mikroorganizmlar tarkibida paraaminobenzoy kislotasi bo'lgan digidrofolat kislotasini sintezlaydi. Sulfanilamidlar kimyoviy tuzilishi jihatidan paraaminobenzoy kislotaga o'xshaydi va uni digidrofolat kislotasi tarkibiga kirishiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari ular digidropteroat sintetaza fermenti faolligini susaytiradilar. Digidrofolat kislotasini sintezlanishni buzilishini undan purin va pirimidin asoslarini yaratishida zarur bo'lgan tetragidrofolat kislotasini hosil bo'lishini kamaytiradi. Nuklein kislotalarning sintezi buziladi, bakteriostatik ta'sir etadi. Izoh: Inson to'qimalarida bunday jarayon bo'lmaydi chunki ular tayyor digidrofolat kislotasini ishlatadilar). Davomli qo'llanganda mikroorganizmlarni sulfanilamidlarga chidamliligi asta-sekin rivojlanadi. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
979.78 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
979.78 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:08 ]
Arxiv ichida: pptx