Surma va mishyak elementlarini saqlovchi birikmalar, ularni toksikologik ahamiyati. Mineralizatdan surma va mishyakni tahlil usullari

Surma va mishyak elementlarini saqlovchi birikmalar, ularni toksikologik ahamiyati. Mineralizatdan surma va mishyakni tahlil usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Surma va mishyak elementlarini saqlovchi birikmalar, ularni toksikologik ahamiyati. Mineralizatdan surma va mishyakni tahlil usullari - rasmi

Material tavsifi

Surma va mishyak elementlarini saqlovchi birikmalar, ularni toksikologik ahamiyati. Mineralizatdan surma va mishyakni tahlil usullari Toza surma - oson maydalanuvchi mo'rt, yaltiroq metall, qizdirilganda tez oksidlanib yonadi. Stibin- SbN3 - rangsiz gaz holidagi modda, qisman sulfid kislota hidini eslatadi, suvda yomon eriydi, spirtda bir oz yaxshiroq eriydi. Oddiy sharoitda asta-sekin vodorod gaziga va surma elementiga parchalanadi, qizdirish esa uni tez parchalanishiga olib keladi. Surmaning tibbiyotda qo'llaniladigan birikmalari esa asosan kristall holdagi moddalardan iboratdir. Toksikologik ahamiyati. Surma birikmalari bilan zaharlanish hollari hozirgi vaqtda kam uchraydi. Lekin adabiyotlarda uning hosilalari bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz voqealar, chunonchi, odamni qasddan zaharlash, surma preparatlarini yanglishib ko'p miqdorda qabul qilish kabi ma'lumotlar yozilgan. Surma birikmalarining sud kimyodagi ahamiyati ularning asosan tibbiyotda va xalq xo'jaligining ko'p tarmoqlarida ishlatilishi bilan tushuntiriladi. Tibbiyotda surma preparatlari asosan tropik kasalliklardan hisoblangan leyshmanioz va gelmintoz hastaliklariga qarshi qo'llaniladi, bu maqsad uchun uning neostibazon, surmin, solyusurmin, stibenil, fuadin, qustiruvchi tosh (vino kislotasining kaliylik va surmalik tuzi) qo'llaniladi. O'rta asrda esa, surma birikmalari balg'am ko'chiruvchi dori sifatida vinoga qo'shib ham ishlatilgan. Surma birikmalaridan uning sulfidlari turli rezina mahsulotlarini tayyorlashda, Sb2S5 pirotexnika va gugurt, brezent materiallar ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi; bulardan tashqari, surma va uning birikmalari emallik idish-tovoqlar, kulolchilik mollari, maxsus oyna va har xil qattiq qotishmalarni tayyorlashda, tipografiya shriftlari olishda kerakli xom ashyo bo'lib hisoblanadi. SbCl3 metallarni zanglashdan saqlovchi qoplama sifatida ishlatiladi. Bu elementning organizmga ta'siri ko'proq mishyak moddalarini eslatadi. Surma birikmalari ichida eng zaharlisi surmaning vodorod bilan hosil qilgan birikmasi - stibin hisoblanadi, u avval markaziy asab tizimini ishdan chiqaradi, so'ng esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.95 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.95 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga