Surunkali virusli gepatitlar Bu kasallik, klinik turg'un gepatosplenomegaliya, giperfermentemiya va disproteinemiya, ko'pincha progredient, progressirlanuvchi kechishga ega, bazida sirroz shakllanishigacha olib keladigan jigardagi uzoq davom etuvchi (6 oydan ko'proq) distrofik, proliferativ, yallig'lanishli jarayon. Surunkali virusli gepatitlar - pediatriyaning eng dolzarb ijtimoiy-tibbiy muammosi. Bu erta bolalik yoshida ular shakllanishining ancha oshishi, samarali terapiya yo'qligi va bashoratining oldindan aniqlanmasligi bilan bog'liq. Yer sharida virusli gepatitga chalingan 300 mln. bemor bor. Jigar surunkali kasalliklari o'sish sababi va etiologik strukturasi dunyoning turli regionlarida har xildir. Ular xilma-xil ekologik vaziyat, ovqatlanish xakrateri, gastrointestinal infeksion va boshqa kasalliklarning yuqori tarqalganligi, lekin birinchi navbatda virusli gepatit bilan bog'langan. O'zbekistonda surunkali virusli gepatit tarqalishi haqida aniq ma'lumotlar hozirgi vaqtgacha yo'q Erta bolalik yoshida surunkali gepatit ko'pgina hollarda NVU va Virusli gepatit S bilan etiologik bog'liq.Hozirgi vaqtga 7 ta virusli gepatitni: A, V, S, delta, Ye, O, F identifikatsiyalovchi sezgir serologik testlar ishlab chiqilgan. Ularning yuqish yo'llari ko'rsatilgan: A va Ye viruslari mavjud bemorlarda oral-fekal va V, delta, S, Q, R lar uchun parenteral. Jigardagi jarayon surunkali bo'lishi patogenezining xilma-xilligi aniqlangan. Surunkali virusli gepatit shakllanishi asosan organizmga V gepatiti virusi tushishida sodir bo'lishi ko'rsatilgan. V gepatit virusi tsitotoksik emasligi aniqlangan. Patogenezi. Surunkali virusli gepatit V da jigarning asosiy shikastlanishi elementi bo'lib gepatotsitlarning virusning immunokompotent tizimlari bilan o'zaro aloqasi hisoblanadi. V gepatiti virusi persistensiyasi xo'jayin organizmi adekvat immun javobi yo'qligi, interferogenezning keskin pasayishi bilan bog'liq.Virusli gepatit V ning nuqsonli viruslari - DNK nukleotid ketma-ketiligi bilan farqlanuvchi mutantlar malum bo'ldi, ular odam organizmiga osongina kirib oladi va immun eliminatsiyaga kuchsiz uchraydi.Mutantlar interferon ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:15 ]
Arxiv ichida: doc