Sut tishlar kariyesi Reja Tish emalining xususiyatlari va struktura tuzilishi. Tishlar kariyesi etiologiyasi va patogenezi. Tish emalining demineralizatsiyasi. kariyes kasalligi tasnifi Bolalar yoshida kariyes rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari. Sut tishlar qatorida ko'plab uchraydigan kariyes. Tsirkulya kariyes. Yassilanib kechuvchi kariyes. O'rta kariyes Chuqur kariyes Boshlang'ich kariyes davosi. kariyesning davosi. O'rta va chuqur kariyesini davolash. Tish emalining xususiyatlari va struktura tuzilishi. Tish emali inson organizmida eng qattiq to'qima bo'lib, inson hayotida tishlarga yuklangan asosiy vazifani o'tovchi tish toj qismini qoplab turadi va tashqi muhit omillari bilan bevosita muloqotda bo'ladi. Ikkinchi tomondan tish emali qoplovchi epiteliy to'qimasiga o'xshab, ichki muhitni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegara sifatida ham o'zini namoyish etadi. Emal to'qimasining qattiqligi uning kimyoviy tarkibiy qismini tashkil qiluvchi anorganik moddalar (doimiy tishlarda 95 - 96%, sut tishlarida 70-73%) mavjudligi bilan bog'liqdir. Organik moddalar oqsil, yog', uglevod esa bu to'qimada nihoyatda kam miqdorda (doimiy tishlarda 4-5%, sut tishlarida 28-30%) bo'ladi. Bulardan tashqari emal tarkibida bog'langan va bog'lanmagan holda ozroq miqdorda suv ham bo'ladi. Organik moddalar emal to'qimasi tarkibida lamellalar (yupqa pardalar), emal tutamlari va ipchalar shaklida uchraydi. Emal to'qimasining organik asosi (matritsasi) fibrillyar proteid, kaltsiy ionlari ishtirok etuvchi kaltsiy tutuvchi oqsil va qutblangan lipidlardan iborat makromolekulalar kompleksidan iboratdir. Mazkur murakkab kompleks mineral almashinuvini amalga oshishida va uni nazorat qilishda asosiy o'rin tutadi. Kaltsifikatsiya (oxaqlanish) jaryonini faollashtirib, bufer sharoitini hosil qiladi va selektiv ion bog'lar yordamida kaltsiy ionlaridan kristallar hosil bo'lishi va uning o'sishini boshqaradi. Tishlar emalining mineral majmuasining asosi gidroksi,-karbonat,-xlor,-ftor-apatitlarning geksagonal (olti qirrali) kristallaridan tashkil topgandir. To'liq minerallashib takomillashgan emalning 2% noapatit shakldagi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
503.7 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
503.7 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:18 ]
Arxiv ichida: doc