Sut tishlarining rivojlanishi Reja: Cut tishlarining anatomiyasi va fiziologiyasi Bolalar og'iz bo'shlig'i hastaliklarini davolashda qo'llanadigan og'riqsizlantirish usullari Bolalar yoshida profilaktika maqsadida ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi muolajalar. Igna va shprits yordamida amalga oshiriladigan (inyeksion) anesteziya Sut tishlarining rivojlanishi (doimiy tishlardan farqli o'larok) to'rt davrni o'z ichiga oladi: 1. Tish kurtaklarining hosil bo'lishi va ularning jag' suyagi alveolasi ichidagi shakllanish davri. 2. Yorib chiqqan tishlar ildizining shakllanish davri. 3. Sut tishlarining to'liq shakllangan davri. 4. Sut tishlari ildizining so'rilish davri. Doimiy tishlar uchun to'rtinchi davr xos emas. Sut tishlari homila hayotining 5-6 xaftasidan boshlab rivojlana boshlaydi. Bunda og'iz tirqishnning yuqori va pastki yuzalarida epiteliy qalinlashib, mezenxima qavatga botib kiradi. hosil bo'lgan epitelial tasmachalar (yuqori va pastki) yoy shaklida bo'lib, bo'lajak alveolyar o'siq, sohasida joylashadi va tishlarning dastlabki kurtaklarining hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Epitelial tish tasmachalari hujayralari guruhlarga bo'linib, har bir bo'lajak jag' sohasida 10 tadan epitelial emal a'zolarini (tish kurtaklarining dastlabki holati) hosil qiladi. Har bir emal azosining rivojlanish jarayonida tashqi va ichki qavat hujayralari hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan tashqi qavat hujayralari kubsimon, ichki qavat hujayralari esa silindr shakliga ega bo'lib, ular ameloblastlar deb yuritiladi. Tashqi va ichki qavat xujayoralari yoysimon bo'lib, uchlari bir-biri bilan tutashadi. Natijada emal azosi vujudga keladi. Hosil bo'lgan ichki va tashqi hujayralar qavati orasida juda nozik to'rsimon to'qima - emal azosining pulpasi, yulduzsimon hujayralar to'plami shakllanadi. (1-rasm). Emalning shakllangan emal azosining ko'ksiga (qadax bo'shlig'iga) qarama-qarshi tomondan mezenxima to'qimasi o'sib kirib, tish so'rg'ichini hosil qiladi. Keyinchalik mezenxima to'qimasi shakllanib, tish ko'rtagi atrofini o'rab oladi va umumiy tish qopchig'i - ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
133.62 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
133.62 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:18 ]
Arxiv ichida: doc