Suvchechak Reja: Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenez va patologik anatomiyasi. Klinikasi Suvchechakning yosh bolalarda kechishi. Asoratlar Garmonal dorilar olgan bolalarda suvchechakning kechishi. Davolash. Profilaktikasi. Suvchechak havo-tomchilari orqali o'tuvchi, o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, yuqori yo'quvchanligi bilan farqlanadi, asosan 10 yoshgacha bo'lgan bollalar kasallanadi. ETIOLOGIYaSI. Suvchechak qo'zg'atuvchisi 1914 yilda Arachalo tomonidan topilgan, filtrlanadigan virus hisoblanadi. O'zida DNK tutadi, kattaligi 150-200 nm, juft yoki qisqa holda joylashgan, chidamsiz, tashqi muhitda tez o'ladi, ayniqsa yuqori harorat va to'g'ri quyosh ta'sirida. Virus bemorning suvchechak pufakchalarida va burun-xalqum yuvindi suvlarida 7-10 kunida topiladi. O'zining antigen xossalari bilan suvchechak virusi oddiy gerpes virusiga yaqin turadi va belbog'simon lishay virusidan farq qilmaydi. EPIDYeMIOLOGIYaSI. Infeksiya manbai bemor kishidir, ayniqsa yashirin davr oxiri va oxirgi yangi elementlar paydo bo'lgan kunining birinchi 5 kunida epidemiologik xavf tug'diradi. Yuqtirish manbai belbog'simon chalingan bemorlar ham bo'lishi mumkin. Infeksiya havo orqali odamga yuqadi, suvchechakka sezgirlik umumiydir, biroq ko'proq 5 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadi. Birinchi 3-6 oylikdagi bolalar onasidan olgan transplatsentar immunitet asosida bu kasallikka chalinmaydilar. Kontagiozlik indeksi 0,9-1,0. Suvchechak kuz-qish davrida ko'p uchraydi. Kasallikdan so'ng bir umrlik immunitet qoladi, qayta kasallikka chalinish kam uchraydi. PATOGYeNYeZ VA PATOLOGIK ANATOMIYaSI. Infeksiya darvozasi bo'lib yuqori nafas yo'llari xizmat qiladi. Virus epitelial xo'jayraga kirib, o'sha yerda ko'payadi va virus qayta qonga tushadi. Virusemiya vujudga keladi, qon bilan virus butun organizmga tarqalib ketadi. Teri va shilliq yuzalarida ko'plab to'planib qoladi va ko'payishi natijasida yallig'lanishi oqibatida suvchechakka xos bo'lgan toshmalar kelib chiqadi. Virusning qonda aylanib yurishidan harorat ko'tarilishi va kasallikning boshqa umumiy belgilari yuzaga keladi. Virus teri epiteliysida joylashib, uning ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.23 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.23 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:19 ]
Arxiv ichida: doc