Suvsiz eritmalar

Suvsiz eritmalar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Suvsiz eritmalar - rasmi

Material tavsifi

Suvsiz eritmalar Reja 1 Suvsiz eritmalar tayerlashda ishlatiladigan erituvchilar-ta'rifi,tasnifi, nomenklaturasi. 2 Suvsiz eritmalar klassfikatsiyasi; a)spirtli eritmalar b) moyli eritmallar v)glitserinli eritmalar Spirtli eritmalar. Tibbiyotda ishlatiladigan spirt - etil spirt bo'lib, amalda vino spirti deb ham yuritiladi 95%, 90%,70%, 40% kontsentratsiyalari ishlatiladi.Spirtli eritma yozilganda kontsentratsiya vrach tomonidan ko'rsatilmasa, unda 90% spirt ishlatiladi. Etil spirti kraxmal saqlovchi donlardan bijqitish yo'li bilan olinavdi. Uni tozalab, (retifikatsiya) malum bir darajaga etkazilgandan so'ng istemolga chiqariladi. Toza etil spirti oson chayqaladigan, tiniq, rangsiz, achchiq kuydiruvchi mazaga ega bo'lgan, o'ziga xos xidli suyuqlik. Uchuvchan xususiyatga ega, oson alangalanadi. Etil spirti ko'pchilik dori moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. Yani organik kislotalar, efir moylari, somolalar, yod va boshqalar spirtda yaxshi eriydi. Spirt boshqa erituvchilar bilan, chunonchi suv, glitserin, xloroform, efir bilan yaxshi aralashadi. Suvni spirt bilan aralashtirnilganda aralashma isib umumiy xajm kamayadi, buni amaliyotda kontraksiya hodisasi deb yuritiladi. Shu sababli ham suv - spirt aralashmasini malum darajasini olish uchun uni albatta oldindan hisoblab, xajmlari belgilanib, so'ng aralashtirish kerak. hisoblashda spirt - suv aralashma nisbatlarini ko'rsatuvchi alkogometrik jadvallardan foydalanish mumkin. Erituchi sifatida etil spirti ichish uchun, surtish uchun mo'ljallangan Dori preparatlarini tayyorlashda ishlatiladi. Bazi hollarda esa inyeksiya uchun mo'ljallangan dori preparatlari tarkibiga ham spirt kiritilishi mumkin. Spirtda eritiladigan moddalar eruvchanligi spirtli aralashmadagi spirt miqdori bilan bog'liqligini hisobga olib spirtli aralashmadagi aniq miqdori belgilangan bo'lishi katta ahamiyatga ega. Spirtli eritmalar 15 -20% dan yuqorilar bakteriotsid ta'sirga ega bo'lib, ular idishlarni, qo'lni, xirurgik asboblarni artishda qo'llash mumkin. Spirtni og'zi mahkamlangan shisha idishlarda, salqin yerda saqlash zarur. Eritmalar tayyorlanganda olinadigan spirtni daraj:asi shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.88 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.88 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga