Suyak to'qimasining reparativ regeneratsiyasi va singan suyaklarning bitishi Regeneratsiya - qayta tiklanish, yaratilish yoki qayta tug'ilish manolarini anglatadi. Suyak to'qimasining ko'payishi yoki qayta tiklanishi osteoregeneratsiya deb ataladi. Osteoregeneratsiya jarayonining ikki turi farqlanadi: fiziologik regeneratsiya (normada bolalarda suyak to'qimasi massasining ortib borishi, suyak hujayralarining doimiy yangilanib turishi) va reparativ regeneratsiya (suyak to'qimasining shikastlanish natijasida butunligi buzilganda). Suyak to'qimasining rivojlanishi osteogistogenez deb ataladi va embrional hamda postembrional osteogenez turlari ajratiladi. Embrional osteogistogenez ikki yo'l bilan: suyak to'qimasining mezenximal to'qimadan hosil bo'lishi (bevosita osteogenez) va tog'ay to'qimasidan (bilvosita osteogenez) hosil bo'lish bilan amalga oshadi. 1.Bo'lajak suyak to'qimasi o'rnida mezenximal to'qima jadal rivojlana boshlaydi va osteogen orolchalar yuzaga keladi, yani mezenximal hujayralar preosteoblastlarga, ular o'z navbatida osteoblastlarga aylanadi. Osteoblastlar rivojlana borib, ko'payish xususiyatini yo'qotadi va yetuk suyak hujayralari - osteotsitlarga aylanadi. Ushbu jarayon osteoid faza deb ataladi. 2. Navbatdagi etap - mineralizatsiya va kaltsifikatsiya fazasi deb yuritiladi; ishqoriy fosfataza fermentining ko'plab to'planishi natijasida osteoid to'qimada mineralizatsiya jarayoni boshlanadi. Suyak to'qimasi faqat tayanch vazifasini bajaribgina qolmasdan, modda almashinuvida, asosan mineral almashuvida faol ishtirok etadi. Minerallarning asosiy qismi suyak to'qimasida jamlangan bo'lib, zarurat tug'ilganda qonga tushib, gomeostaz regulyatsiyasida ishtirok etadi. Suyak to'qimasi 70% anorganik va 30% organik qismdan moddalarda tarkib topgan. Bundan tashqari, hujayralar va hujayralararo to'qimalardan tuzilgan. Hujayralar va hujayralararo to'qimalar doimiy yangilanib turadi, yani fiziologik regeneratsiya jarayoni uzluksiz amalga oshib turadi. Asosan, 3 xil suyak hujayralari ajratiladi: 1) osteotsitlar - yetuk suyak hujayralari, asosiy hujayralar sanalib, mineral almashinuvida qatnashadi, ularda tsentrosoma (hujayra markazi) bo'lmaydi, shuning uchun mitoz ko'payish xususiyatilarini yo'qotgan. 2) osteoblastlar - suyak ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.87 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.87 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:19 ]
Arxiv ichida: doc