Suyuqliklarni haydash

Suyuqliklarni haydash

O'quvchilarga / Tibbiyot
Suyuqliklarni haydash - rasmi

Material tavsifi

Suyuqliklarni haydash Reja 1. Suyuqliklarni haydash. 2. Suyuqlik - bug' sistemasining xossalari. SUYuQLIKLARNI HAYDASh. Ikki yoki bir necha komponentlardan tashkil topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratishda haydash (distillyatsiya va rektifikatsiya) usuli keng ishlatiladi. Agar boshlanHich aralashma uchuvchan va uchmaydigan komponentlardan iborat bo'lsa, bunda bug'latish orqali suyuqlikni tashkil etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Haydash yo'li bilan esa komponentlar turli uchuvchanlikka ega bo'lgan holda suyuq aralashmalarni ajratish mumkin. Haydash yo'li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil temperaturada aralashma komponentlarining turlicha uchuvchanlikka ega bo'lishiga asoslangan. Shu sababli haydash paytida aralashma tarkibidagi hamma komponentlar o'zlarining uchuvchanlik xu-susiyatiga proportsional ravishda bug' holatiga o'tadi. Misol tariqasida ikki, yani yengil va qiyin uchuvchan komponentli binar aralashmani ajratishni ko'ramiz. Haydash natijasida hosil bo'lgan bug' nisbatan ko'p miqdorda yengil uchuvchan (yoki past temperaturada qaynatilgan) komponentdan tashkil topgandir. Haydash natijasida suyuq faza tarkibida yengil uchuvchan komponent kamaya boradi, bug' fazasida esa uning miqdori ko'paya boradi. Bug'lanmay qolgan suyuqlik tarkibi asosan qiyin uchuvchan yoki yuqori temperaturada qaynaydigan komponentdan tashkil topgan. Haydash jarayonidan ajralib chiqqan bug' kondensatsiya jarayoniga uchraydi, hosil bo'lgan kondensat distillyat yoki rektifikat deb ataladi. Bug'lanmay qolgan va qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan suyuqlik qoldi deb yuritiladi. Bug' fazasining yengil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan haydash usuliga boHlik. Suyuqliklarni xaydashning ikkita prinsipial usuli bor: 1) oddiy haydash (distillyatsiya); 2) murakkab haydash (rektifikatsiya). Aralashma komponentlarining uchuvchanligi o'rtasidagi farq ancha katta bo'lsa, bunda oddiy haydash usulidan foydalaniladi. Oddiy haydash paytida suyuqlikning bir marta qisman bug'lanishi yuz beradi. Odatda bu usul suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish hamda murakkab aralashmalarni keraksiz qo'shimchalardan tozalash uchun ishlatiladi. Suyuq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.25 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.25 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga