Tabletkalar. Tabletka mashinalari.tabletka ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularning tasnifi.donadorlash usullari.presslash nazariyasi Reja: 1.Tabletka dori turining tarixi va kelajagi. 2.Tabletka ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabletka mashinalari. 3.Tabletka ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularni guruhlanishi. 4.Donadorlash usullari va uning ahamiyati. 5.Presslash nazariyasi. MAQSAD: Tabletka ishlab chiqarish tarixi, tabletka mashinalarini tuzi-lishi va ishlashi,yordamchi moddalarning turi va ahamiyati bilan talabalarni tanishtirish va o'rgatish.Tabletka olishda donadorlash usulining ahamiyati va presslash nazariyasi bilan tanishtirish. Tabletka-Tabulettae, lotin tilidan (tabula-taxta,tabela-taxtacha) - so'zidan olingan. Tabletka deb, dori modda yoki dori modda bilan yordamchi moddalarni presslash orqali olingan, dozalarga bo'lingan dori turiga ayti-ladi. Ularning shakllari tsilindirsimon, uchburchak, to'rtburchak va hakozo. Ular ichishga,tashqi maqsadda,sublingval, implatatsion yoki inyeksiya qilishda ishla-tiladi. Abu Ali Ibn Sino o'zining Tib qonunlari kitobida kulcha to'g'risida ma'lumot bergan. Tabletka to'g'risidagi birinchi ma'lumot XIX asrning o'rtalariga to'g'ri keladi. 1844 yilda Angliyada Brokedon kaliy gidro-korbonatni tabletkasini olgan va unga patent berilgan. 1846-1897 yillarda AQSH, Fransiya, Shvedtsariyada tabletkani ishlab chiqish texnologiyasi yo'lga qo'yildi. Germaniyada tabletka dori turini birinchi bo'lib Rozental taklif etgan. Rossiyada birinchi tabletka ishlab chiqarish 1895 yilda Peterburgda hozirgi 1-sonli Sank Peterburg kimyo farma-tsevtika korxonasida amalga oshirilgan. 1900 yilda professor L.F.Ilin tomonidan birinchi dissertatsiya ishi quyidagi mavzuda Presslangan dori - darmonlar yoki tabletkalar bo'lgan. 1901 yilda Shvedtsariya farmakopeyasiga tabletka dozalarga bo'lingan dori turi siftida kiritilgan. Tabletkalar,kimyo-farmatsevtika sanoatidan chiqari-layotgan tayyor dori turining 40% tashkil etadi. Tabletka ishlab chiqarish dunyo miqyosidagi o'sishini 10 -15 % tashkil etmoqda. Hozirgi vaqtda tabletka dori turi TDV ichida 80% tashkil etadi. Tabletkani ijobiy tomonlarga quyidagilar kiradi. - ishlab chiqarish mexanizatsiyalashgan, ishlab chiqarish unumdorligi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.83 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.83 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:20 ]
Arxiv ichida: doc