Tabletkalar. tavsifi, tasnifi. Tabletka mashinalari Reja: Qisqacha tarixiy ma'lumot. Tabletka dori turini ifodasi. Tabletka dori turini ijobiy va salbiy tomonlari. Tabletkani ishlatish yo'llari. Tabletka mashinalari. . Tabletka so'zi lotincha -tabula taxta,tabella taxtacha so'zidan olingan bo'lib, dorining taxtakachlangan turidir. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab oziq-ovqat sanoatida choyni saqlash, tashish va ishlatish qulay bo'lgan taxtakach shakli ishlab chiqarila boshlandi. Bu afzalliklardan dorixona sharoitida katta hajmni egallaydigan dori turlari uchun ham foydalanish mumkinligi aniqlandi. G.Ya. Koganning ma'lumotiga qaraganda, dorilarning tabletka holida ishlatilishi 1844 yilda Brokedon tomonidan taklif qilingan. L.F.Ilin keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, tabletka dori turini birinchi marta Germaniyada 1874 yilda Rozental taklif qilgan. Aslida rozental 1882 yilda e'lon qilgan maqolasida tabletka holida dorilarning berishning sababi va ahamiyatini izohlagan. Jumladan Rozental ta'biricha, dorivor o'simliklarni tabletka holiday chiqarilishi ularning hajmini kamaytiradi, turg'unligini oshiradi, ishlatilishini osonlashtiradi. Shu davrlarda dorixonalarda tabletkalar xususiy retseplarga binoan eng soda taxtakachlash asboblari yordamida tayyorlanar edi. Shunga qaramasdan bu yangi dori turiga qiziqish va talab kundan-kunga oshib bordi. Bu esa o'z navbatida tabletka tayyorlash jarayonining asta-sekin takomillashuviga, uning sifatini yahshilash uchun kerakli choralarni ko'rishiga hamda dastgohlarning mexanik usulida ishlashini ta'minlaydigan tadbirlar qo'llanishiga olib keldi. Garmaniya va Shveytsariyada XIX asrning oxirlariga kelib qo'l kuchisiz ishlaydigan dastgohlar taklif qilindi. Rossiyaga birinchi marta shunday dastgoh 1895 yilning 24 martida Shvertsariyadan keltirildi va Sankt Peterburg shahrida hozirgi Oktyabr ishlab chiqarish birlashmasiga o'rnatildi. Bu sohadagi bo'lgan hamma ma'lumotlarni to'plab tartibga slogan birinchi rus olimi L.F.Ilin 1900 yilda Taxtakachlangan dorilar to'g'risida yoki tabletkalar mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1910 yilda esa rus olimi I.I.Budzko Ko'zga ishlatiladigan tabletkalar to'g'risida ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.71 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.71 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:20 ]
Arxiv ichida: doc