Tabletkalarni sifat ko'rsatkichlari Reja: 1. Tashqi ko'rinishi. 2. Tabletka balandligini uning diametriga mutanosibligi. 3. Tabletkalarning o'rtacha og'irligi va unidan chetlanishi. 4. Tabletkalar qattiqligi aniqlash. 4.1. Ishlaqalanishga bo'lgan qattiqligi; 4.2. Sinishga bo'lgan qattiqligi; 5. Tabletkalarning parchalanuvchanligi Tabletkalarning erishi. 6 . Dori moddalarning tabletkalardagi miqdori. 7. Tabletkalarda dozaning bir xil tarqalganligi. Tabletka sifatini baholash XI DF ga binoan tabletkalar sifati tashqi ko'rinishi, balandligini diametriga mutanosibligi, o'rtacha og'irligi va undan chetlanish, qattiqligi, parchalnuvchanligi, erishi, dori moddalarning tabletkalardagi miqdori, tabletkalarda dozaning bir xil tarqalganligi kabi sifat ko'rstkichlari bo'yicha baholanadi. Tashqi ko'rinishi Tabletkalarning tashqi ko'rinishi quollanmagan ko'z bilan kuzatib bajariladi. Bunda tabletkalar dumaloq yoki boshqa shaklga ega bo'lishi, yassi yoki ikki tomonlama qabariq yuzali, chetlari butun bo'lishi kerak. Agar xususiy maqolalarda boshqa ko'rsatmalar bo'lmasa tabletkaning yuzasi silliq, bir jinsli, bo'lishi kerak. Bazi xollarda yuzasida yozuvlar va belgilar bo'lishi mumkin. Diametri 9 mm va undan katta bo'lgan tabletkalar o'rtasida chiziqcha bo'lishi kerak. Tabletka balandligini uning diametriga mutanosibligi Bu mutanosiblik tabletkalarni avtomatik ravishda qadoqlashda muhim ahamiyatga ega. Tabletkalarning balandligini o'lchashda mikrometrdan foydalanilgan holda 0,01 mm aniqlikda o'lchanadi. Tabletkalarning balandligi va diametri malum mutanosiblikda bo'lishi kerak, bu TST (OST) 64-7-170-75 da keltirlgan ikki tomoni yassi tabletkalar balandligi va diametrining mutanosibligi uchun berilgan 19-jadval bo'yicha belgilanadi. Tabletkalarning o'rtacha og'irligi va unidan chetlanishi Tabletkalarning og'irlikdagi farqlarini aniqlash uchun 20 ta taletkani birgalikda 0,001 g aniqlikda tortib, o'rtacha og'irligi aniqlanadi. So'ng xar bir tabletka shu aniqlikda alohida tortilib, o'rtacha og'irlikdan farqi foiz miqdorda topiladi. 0,1 g gacha bo'lgan tablektalar uchun bu farq +10% , 0,1-0,3 g - +7,5%, 0,3 g dan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.62 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.62 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:20 ]
Arxiv ichida: doc