Talabalarning bemor bilan muloqoti Shifokorlik ishi sharafli, olijanob va mas'uliyatlidir. Chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan kishigina bunga qodir. Shifokorlik kasbi tinimsiz o'qib-o'rganishni, o'z mutaxassisligini doimiy ravishda takomillashtirishni talab etadi. Talaba-shifokor uchun o'ziga nisbatan bemorning ishonchi, muhabbati va hattoki hayratini qozonishi sharaflidir. Tibbiyot oliygohiga o'qishga qabul qilingan yigit va qizlar oilasida shifokorlar bo'lsa-da, tibbiyotning va shifokorlik kasbining barcha muammolarini to'liq tasavvur eta olmaydilar. Bu mashaqqatli yo'lda talaba tajribali shifokor-muallimlarning tibbiyot ilmi, shifokorlik kasbi to'g'risidagi fikr-mulohazalariga e'tiborli bo'lishlari lozim. Oliy tibbiy ta'lim mobaynida talaba kun bo'yi, ko'pincha tunda ham ishlaydi. Talaba juda ko'p kitoblarni mutolaa qilishi, qator fanlarni o'zlashtirishi va eng avvalo, mustaqil ravishda murakkab fikrlashni o'rganishiga to'g'ri keladi. Mashaqqatli kirish imtihonlarini topshirib, oliy o'quv yurtiga qabul qilingan talaba uzoq muddatli o'qish davomida ba'zan yo'qotishlar bilan kechadigan tushkunlik holatiga qarshi kurashga kuchi yetishi haqida jiddiy o'ylashi zarur. Bo'lajak shifokorlar ta'limning birinchi yilida o'zida kechayotgan vaqtinchalik ruhiy depressiya natijasida emas, balki o'z imkoniyatlarining chuqur tahlilidan keyingina tanlagan kasbidan voz kechish-kechmaslik haqida tugal qaror qilishi kerak. Talaba ayni vaqtda bemorga yordam bera olmaydi, lekin uning azob-uqubatlariga e'tibor qaratishi lozim. Har bir talaba bemor bilan uchrashuvga ilgaridan tayyorgarlik ko'rishi, doimo o'z xulq-atvori, tashqi ko'rinishini nazorat qilishi zarur. Otalig'idagi biriktirilgan bemor bilan o'zaro munosabatida talaba ohangdagi maromga e'tiborli, bosiq bo'lishi va nutq madaniyatiga amal qilishi kerak. Ko'pincha talabalar klinikaga kelganlarida bemorlar bilan so'rashishni, ularning ahvolidan xabar olishni. bemorlarning o'rinlaridan turishlariga, eshikni ochishlariga, zinapoyadan ko'tarilishlariga yordam berishni unutadilar. Talaba - klinikada shifokorning kichik hamkasbi. Klinikadagi katta mutaxassislarga tegishli bo'lgan qoidalar talaba uchun ham taalluqlidir. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.31 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.31 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:21 ]
Arxiv ichida: doc