Tamaki zararlari haqida

Tamaki zararlari haqida

O'quvchilarga / Tibbiyot
Tamaki zararlari haqida - rasmi

Material tavsifi

Tamaki zararlari haqida Chekish sog'liq uchun xavfli ekanini hamma biladi. Uning qon-tomir, o'pka, yurak, rak kabi kasalliklarga olib borishi va alaloqibat chekuvchini halok qilishi ham ko'pchilikka ma'lum. Shuning uchun kashandalar orasida chekishga o'rganib qolganidan afsuslanadigan, ammo uni endi tark etolmay qiynalib yurganlar ko'p. Ana shunday kishilarning istalgan biridan so'rab ko'ring, u chekishni qanday boshlagan ekan? Turli mamlakatlarda o'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, chekuvchilar odatda birinchi bor boshqalarga havas qilib, kimgadir qiziqib yoki shunchaki kattalar, film qahramonlariga taqlid qilgani uchun lablariga tamaki qistirishadi. Nikotin xumorini qondirish, chekkandan so'ng badanning orom olishi kabi kashandalar istaydigan holatlar birinchi chekishda ro'y bermaydi. Aksincha, tamakidan olingan ilk bo'sa ko'pchilikda yoqimsiz taassurot qoldiradi. Bilib-bilmay muntazam chekib yurish oqibatida chekishning yuqori bosqichlari-unga o'rganib qolish, usiz turolmaslik kabi holatlar yuzaga keladi. Kashandalarning aksariyati endi majburliklaridan, badanlari nikotin moddasiga o'rganib qolgani uchun chekadi. Organizmi shu zaharli og'uni talab qilayotgani bois ular har kuni burqsitib tamaki tutatishga majbur. Kuniga 10 donadan ko'p tamaki tanovul qiladigan chekuvchi rasman kashanda hisoblanadi. Bundan kam chekuvchilar esa, hali nikotin moddasiga to'la o'rganmagan hisoblanib, ularning chekishni tark etishlari kashandalarga qaraganda oson kechadi. Chekuvchilar kun o'tgan sayin badanlarini zaharlab, zaiflashib, o'limga olib boradigan dardlarga duchor bo'layotganlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ularning aksariyati chekishga o'rganib qolganlaridan afsuslanadi. Uni tark etishga ko'p bor urinishadu-yu, ammo ko'pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrab, yana chekishda davom etadi. Dunyo bo'ylab har kuni 15 mln. inson chekishni tashlashga urinar ekan. Siz ham shu ishga qo'l ursangiz, shu millionlab insonlarning biri bo'lasiz. Biz bugungi maqolamizda ayni shu maqsad yo'lida chekuvchilarga yordam berishni niyat qildik. Sizga qanday qilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 179.12 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 179.12 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga